Rossiya va O‘zbekiston siyosatchilari Toshkentda uchrashdilar - tafsilotlar

© Sputnik / Mixail KlimentyevFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishiga ta’siri, mintaqaviy xavfsizlikka doir tahdidlar, bu sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. 2021 yil 20-sentabr kuni "Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Senat matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston va Rossiya tashqi siyosat mahkamalari rasmiylari, Oliy Majlis a’zolari, shuningdek, 50 dan ortiq iqtisodiy tahlilchi va ekspert ishtirok etdi.
Konferensiya Valdayskogo kluba Rossiya i Uzbekistan pered vizovami razvitiya i bezopasnosti na novom istoricheskom etape vzaimodeystviya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
O‘zaro hamkorlik, tanlash imkoniyati, mehnat migrantlari: “Valday” ekspertlari muhokamalari
Anjumanni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev olib bordi.
Tadbirda o‘zbekistonlik va rossiyalik ekspertlarning ikki tomonlama formatdagi ikkinchi uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston — Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik munosabatlar, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar rivoji yuzasidan fikr almashildi.
Anjumanda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishiga ta’siri, mintaqaviy xavfsizlikka doir tahdidlar, bu sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Ishtirokchilar ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining amaliy vazifalarini hal etishda faol rivojlanayotgan parlamentlararo muloqotning o‘rni muhimligini ta’kidladilar.
Yangiliklar lentasi
0