Jamiyat

Oʻzaro hamkorlik, tanlash imkoniyati, mehnat migrantlari: “Valday” ekspertlari muhokamalari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKonferentsiya Valdayskogo kluba "Rossiya i Uzbekistan pered vыzovami razvitiya i bezopasnosti na novom istoricheskom etape vzaimodeystviya" v Tashkente
Konferentsiya Valdayskogo kluba Rossiya i Uzbekistan pered vыzovami razvitiya i bezopasnosti na novom istoricheskom etape vzaimodeystviya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Toshkentdagi konferentsiya ishtirokchilari oʻzaro munosabatlarning rivojlanish istiqbollarini tahlil qildilar.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtgan “Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferentsiyasi ishtirokchilari oʻzaro munosabatlarning rivojlanish istiqbollarini tahlil qildilar, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xalqaro anjuman qatnashchilarining fikriga koʻra, Oʻzbekistonning qoʻshni Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston mamlakatlari bilan sifat jihatidan yangicha munosabatlari tufayli oʻzaro ishonchga asoslangan mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Misol sifatida nihoyatda nozik masala – transchegaraviy suv zaxiralaridan unumli foydalanish yuzasidan muloqotning yoʻlga qoʻyilgani, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish boʻyicha kelishuvga erishilgani, tutash hududlarda qoʻshma ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilayotgani, pandemiya sharoitida qoʻshni davlatlarning bir-biriga koʻmak berayotganini koʻrsatib oʻtish mumkin.
Blijnevostochnaya konferentsiya kluba Valday - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Jamiyat
"Valday" klubi va SMIT ekspertlari Toshkentda nimalarni muhokama qilishi maʼlum boʻldi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Ulugʻbek Hasanov keltirgan maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatlar bilan tovar aylanmasi 3 milliard dollardan oshgan (oʻsish 20%), mintaqa mamlakatlarining Rossiya bilan savdo koʻrsatkichlari esa soʻnggi 4 yilda 5 milliard dollarga koʻpayib, 2020 yilda 28 milliardni tashkil etgan.
Mana shu davr mobaynida Rossiyadan Markaziy Osiyoga eksport hajmi 17 milliarddan 21 milliardga yetgan (oʻsish 20%). Mintaqada Rossiya kapitali ishtirokidagi 17 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Birgina Oʻzbekistonning oʻzida soʻnggi besh yilda ularning soni 7 baravarga oshdi (312 tadan 2 260 taga). Rossiyaning Markaziy Osiyoga mamlakatlariga yoʻnaltirgan umumiy sarmoyasi 20 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda Bu raqamlar Rossiya biznesi va kapitalining mintaqa bozoriga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Anjumanda rossiyalik taniqli sharqshunos Irina Zvyagelskayaning fikrlari eslab oʻtildi: “Markaziy Osiyo mamlakatlari yo raqobat, yo hamkorlik, degan dilemma qarshisida turganlari yoʻq, ular shuningdek, yo Rossiyani yoki Xitoyni tanlashga ham majbur emaslar, yaʼni ikkisi bilan ham birdek “oldi-berdi” qilish mumkin. Shu bilan birga, mintaqa oʻzining azaliy hamkorlari bilan aloqalarni kengaytirishdan ham manfaatdor. Bu birinchi navbatda, Janubiy Osiyodagi yangi bozorlarga chiqish imkonini beradigan transport-logistika tizimini yoʻlga qoʻyish zaruratida aks etadi. Afgʻoniston, agar ichki vaziyat asta-sekin barqarorlashib borsa, yangi imkoniyatlar maydoni sifatida eʼtirof etilishi mumkin”.
Flagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv - chlenov SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Siyosat
Afgʻonistonda vaziyatni barqarorlashtirishda SHHTning roli oshadi – Eldor Aripov
Ayni paytda Afgʻoniston orqali oʻtadigan yoʻl qurilishiga qiziqish bildirayotgan Rossiya temir yoʻllari tizimi bu jarayonda muhim rol oʻynaydi. Shuningdek, Rossiya temir yoʻllari rahbariyati “Qirgʻiziston-Oʻzbekiston-Xitoy” loyihasida ishtirok etishni ham rejalashtirayapti. Bunday loyihalar Yevropa ittifoqi va Xitoy kabi iqtisodiy gigantlar bilan oʻzaro aloqalarni kengaytirish imkonini beradi.
Ulugʻbek Hasanovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari kun tartibida ilm-fan, energetika, savdo-sotiq, sanoat, investitsiya va texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik tobora dolzarblik kasb etib bormoqda.
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar haqida gapirar ekanmiz, ilm-fan yoʻnalishidagi hamkorlik masalasiga alohida toʻxtalib oʻtish lozim. Albatta, fundamental tadqiqotlar uchun ilmiy maktablar, uzoq muddatga moʻljallangan dasturlar talab etiladi. Andron kollayder faoliyatini amalga oshirish boʻyicha bir necha davlatlar hamkorligini bunga misol qilib keltirish mumkin. Amaliy tadqiqotlar haqida gapiradigan boʻlsak, rossiyalik va oʻzbekistonlik olimlar ishtirokida bir necha yoʻnalishlarda, jumladan geologiya-qidiruv, rangli metallar, atom energiyasidan foydalanish kabi yoʻnalishlarda qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilayapti. Va ular oʻz samarasini berayapti. Taʼbir joiz boʻlsa, shunday degan boʻlardim: amaliy tadqiqotlar – bugungi voqelik, fundamental tadqiqotlar esa – orzu. Va bu orzuga erishamiz deyishga asosimiz bor.
Stanislav Tkachenko
Sankt-Peterburg davlat universiteti “Rossiya Federatsiyasi va chet el davlatlari diplomatiyasi” magistrlik dasturi rahbari
“Vzglyad.ru” gazetasi maxsus muxbiri Yuriy Vasilyevning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarida oʻziga xos alohida oʻrin tutadigan mavzulardan biri bu – mehnat migrantlari masalasidir.
“Valday” munozaralari chogʻida Oʻzbekistondan Rossiyaga borib ishlayotgan ishchilarning malakasi va saviyasi haqida savol koʻtarildi. Va bugungi kunda aksar xodimlarning mehnat malakasi yuqori emasligi ham aytib oʻtildi. Albatta, yetarli tajribaga ega boʻlgan vrachlar, injenerlar va xokazo mutaxassislar kelib ishlagani yaxshi, lekin masalaning ikkinchi tomoni shundaki, koʻp hollarda bunday mutaxassislar oyoqqa turib olgandan keyin vataniga qaytib bormaydi. Oʻz klinikasini ochadi yo oʻz biznesini yoʻlga qoʻyadi. Vaholanki, yaxshi mutaxassislar Oʻzbekistonning oʻzi uchun ham suv va havodek zarur”, - deydi u.
Mutaxassislar mazkur “nozik va murakkab” mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, mehnat migratsiyasi masalasi u yoki bu darajada dunyodagi barcha davlatlarga taalluqli ekanini va Oʻzbekiston bilan Rossiya bu boradagi mavjud muammolardan koʻz yumish emas, ularni yechish yoʻlidan borayotganini qayd etdilar.
Posadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Migratsiya
Oʻzbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga kirib borish soddalashtirildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Nazokat Qosimovaning taʼkidlashicha, tan olib aytadigan boʻlsak, yaqin yillarda yetarli malakaga ega boʻlmagan ishchilar koʻpchilikni tashkil etishi ehtimolga yaqin. Lekin Rossiyaga yoʻl olayotgan mutaxassislar orasida malakali xodimlar soni ortib borayotganini ham koʻrishi mumkin.
“Tendentsiya bor. Bu masalaning yechimi taʼlim sifati bilan chambarchas bogʻliq. “Valday” anjumanida Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari taʼkidlaganidek, Oʻzbekistonda Rossiyaning 12 ta OTMlari filiali faoliyat yuritmoqda va yana 3 ta oliy oʻquv yurtini tashkil etish yuzasidan tayyorgarlik koʻrilayapti. Bu nimani bildiradi? Yaxshi mutaxassis boʻlish uchun yaxshi taʼlim olish kerak. Shundagina oʻzga davlatga borib ishlaganda, munosib ish oʻrni, munosib maosh va karyeraga daʼvo qilish mumkin. Demak, malakali mutaxassis tayyorlash masalasida ham Rossiya bilan hamkormiz”, - deydi Nazokat Qosimova.
Ishtirokchilarning fikriga koʻra, yaxshi mutaxassis xorijga borib ishlasa, vataniga qaytmaydi, degan xavf bilan qandaydir toʻsiqlar qoʻyib boʻlmaydi. Aksincha, shunday sharoitlar yaratish kerakki, oʻsha malakali mutaxassis yurtiga qaytsa, hech narsa yoʻqotmasligiga, yanada rivojlanishiga ishonch hosil qilsin. Bu iqtisodiy taraqqiyotni, barqarorlikni, yaxshi qoʻshnichilik va ishonchli hamkorlik aloqalarini taqozo etadi va aynan shu mavzular “Valday” klubi ekspertlarining diqqat markazida boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala