Dunyoda

Suriya Turkiyadan mamlakatdan qoʻshinlarni zudlik bilan olib chiqishni talab qildi

© REUTERS / StringerTuretskiye voyska v Sirii
Turetskiye voyska v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Suriya Turkiyadan mamlakatning Shimoliy hududlaridan qoʻshinlarni zudlik bilan olib chiqishni talab qildi
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Suriya hukumati Turkiyadan mamlakatning shimoliy qismidagi hududlardan qoʻshinlarni darhol olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti Suriya Tashqi ishlar vaziri Feysal Mikladga tayanib xabar bermoqda.
Vazir Idlib viloyatida vaziyatning keskinlashuviga shunday izoh berdi.
"Turkiya zudlik bilan qoʻshinlarni olib chiqib ketishi kerak, deb hisoblayman. Oʻz navbatida, xalqaro hamjamiyat Suriyaning mamlakat shimolida Turkiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish borasidagi saʼy–harakatlarini qoʻllab-quvvatlashi kerak", - dedi Miklad.
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Kolumnistlar
Xuddi oʻz uyidagidek: Turkiya Suriya shimolini egallab olmoqda
Suriya tashqi ishlar vazirining fikricha, ushbu ziddiyat "turk ishgʻoli, shuningdek, Anqaraning yer yuzidagi terrorchi uyushmalarga berayotgan yordami" tufayli yuz bergan.
BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Geyr Pedersen avgust oyida Suriyadagi vaziyat yomonlashgani va ayrim hududlarda qurolli mojarolar kuchayganini xabar qilgan edi. Oʻshanda Pederson Idlib viloyatidagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratgandi. Uning aytishicha, arab respublikasining bu hududida bunday keskin toʻqnashuvlar 2020 bahoridan beri kuzatilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala