Jamiyat

Toshkent viloyatida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus MTT ishga tushirilmoqda

© Press-slujba MDO UzbekistanaRebenok v invalidnom kresle
Rebenok v invalidnom kresle - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
MTTga Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida yashovchi, alohida taʼlimga va reabilitatsiya protseduralariga muhtoj bolalarni qabul qilish choralari boshlangan
TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. Joriy yil oktyabr oyida Toshkent viloyati Qibray tumanida "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega yangi davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti ochiladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri MTV axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
"Shu munosabat bilan, Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida yashovchi, alohida taʼlimga va reabilitatsiya protseduralariga muhtoj bolalarni qabul qilish choralari boshlangan", - deb xabar qildi Sputnik muxbiriga MTV axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayeva. reabilitatsion tartib-taomillarga muhtoj bolalarni jalb qilish boʻyicha tadbirlar boshlandi.
Detskiy sad v Karakalpakii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Jamiyat
Sahrodagi qasrlar: Qoraqalpogʻiston bogʻchalari qanday isloh qilinmoqda? Sputnik reportaji
Asqarxoʻjayevaning soʻzlariga koʻra, 23-24 sentyabr kunlari "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarni koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga tanlash boʻyicha tibbiy –psixologik-pedagogik komissiyaning yigʻilishi tashkil etiladi.
Farzandlarini "Imkon"ga keyingi qabul qilish uchun koʻrikka olib kelmoqchi boʻlgan ota- -onalar soat 10:00 dan 16:00 gacha Toshkent viloyati, Qibray tumani, Darxon koʻchasi, 201 manziliga taklif qilinadi.
Otkrыtiye pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2019
Jamiyat
Shahnoza Mirziyoyeva Nukusda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan markazni ochdi
Eslatib oʻtamiz, "Imkon" deb nomlangan reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotidir.
Ushbu tashkilot ikkita boʻlimdan iborat:
2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 guruhdan iborat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti (bolaning tashxisiga qarab); reabilitatsiya markazi – 2 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun. Birinchi bunday tashkilot 2019 yilda Nukus shahrida Orolboʻyi mintaqasida yashovchi bolalar uchun ochilgan va birinchi "Imkon" faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishilgan.
Nukusdagi "Imkon" tarbiyalanuvchilari zamonaviy uslubiyatlarga oʻrgatilgan mutaxassislar, shuningdek innovatsion reabilitatsiya uskunalari yordamida maktabgacha taʼlim va reabilitatsion yordam olish imkoniga ega boʻldilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala