Jamiyat

Koronavirus: Oʻzbekistonda kasallanish holati rekord darajada pastladi

Maket koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Oʻzbekistonda 21 iyundan beri eng past koʻsatgich – 403 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 172 493 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda kasallanish holati rekord darajada pastladi.
Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 403 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 172 493 nafarni tashkil qilmoqda.
Nyu-York vo vremya rejima CHS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Dunyoda
Moderna rahbari koronavirus pandemiyasi tugashi haqida bashorat qildi
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (29), Andijon viloyatida (10), Buxoro viloyatida (6), Jizzax viloyatida (7), Qashqadaryo viloyatida (5), Navoiy viloyatida (4), Namangan viloyatida (15), Samarqand viloyatida (36), Sirdaryo viloyatida (9), Surxondaryo viloyatida (15), Fargʻona viloyatida (29), Xorazm viloyatida (7), Toshkent viloyatida (90), Toshkent shahrida (141) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Pnevmoniya holatlari
68 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26 980 nafarga yetdi. 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 225 nafarga yetdi.
Sogʻayish koʻrsatkichi
Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 167 199 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Oʻlim holatlari
Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 1225 kishi pandemiya qurboni boʻldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 230,6
milliondan oshdi, 4,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (43,7 mln), Hindistonda (33,6 mln), Braziliyada (21,3 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala