Iqtisod

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi “Agroekspress” noyabr oyida yoʻlga qoʻyiladi

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli Respubliki UzbekistanV Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu
V Tashkente sostoyalas vstrecha sopredsedateley Uzbeksko-Rossiyskoy Mejpravitelstvennoy komissii (MPK) po ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Rossiya tomonining soʻzlariga koʻra, bojxona nazoratidan tez oʻtish jarayoni hamda maxsus temir yoʻl tariflari ishlab chiqilgan.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Toshkent va Moskva oʻrtasidagi agropoyezdlar noyabr oyida yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov uchrashuvi davomida maʼlum boʻldi.
“Agroekspress” loyihasi ikki mamlakatlar oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini refrijerator poyezdlarida muntazam tashishni nazarda tutadi.
Rossiya tomonining soʻzlariga koʻra, bojxona nazoratidan tez oʻtish jarayoni hamda maxsus temir yoʻl tariflari ishlab chiqilgan.
“Oʻzbekistondan yangi uzilgan meva va sabzavotlarning birinchi pilot yetkazib berilishi shu yil noyabrida tashkil etilishiga umid qilyapmiz, dekabr oyida esa doimiy ravishda “Agroekspress” harakatlanishni boshlaydi”, - dedi Maksim Reshetnikov.
Rossiya Oʻzbekistondan yetkazib beriladigan sifatli meva va sabzavotlar hisobiga oʻz ichki bozorini, ayniqsa, mavsumlar orasida taʼminlashga umid qilmoqda.
Oʻz navbatida Rossiyadan Oʻzbekistonga un, goʻsht va boshqa agrosanoat mahsulotlari keltiriladi.
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Iqtisod
Oʻzbekistondan Rossiyaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻpi bilan besh kunda yetkazib beriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader