Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Kobul universiteti yangi rektori oliygohda ayollarning taʼlim olishini taqiqladi

© AFP / WAKIL KOHSARAfganskiye studentki v vuze
Afganskiye studentki v vuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Rektor Muhammad Ashraf Gʻayratning soʻzlariga koʻra, bu chora “haqiqiy islom tartibi” oʻrnatilmaguncha davom etadi.
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati tomonidan tayinlangan Kobul universitetining yangi rektori endilikda bu muassasada “haqiqiy islom tartibi” oʻrnatilmaguncha ayollarning dars berishi yoki oʻqishi taqiqlanishini eʼlon qildi. Bu haqda Pokistonning AJK telekanali xabar bermoqda.
“Men sizlarga Kobul universiteti rektori sifatida oʻz soʻzlarimni yetkazmoqdaman. Hamma uchun haqiqiy islom muhiti taʼminlanmagunga qadar ayollarga universitetlarga hujjat topshirish yoki u yerda ishlashga ruxsat berilmaydi”, - deya rektor Muhammad Ashraf Gʻayrat soʻzlaridan keltirgan telekanal.
Avvalroq toliblar hukumati Afgʻonistonda talaba qizlar universitetlarda taʼlim olishlari mumkinligi, lekin talaba yigitlardan alohida oʻqishlarini eʼlon qilishgandi.
Muhammad Ashraf Gʻayrat eng yirik Kobul universiteti rahbarligini 22 sentyabrda qoʻlga oldi. Undan oldingi rektor professor Muhammad Usmon Boburiyni toliblar lavozimidan ozod qilgan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Situatsiya v Afganistane posle smenы vlasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Dunyoda
Toliblardan yangi qoidalar: afgʻon ayollariga yevropacha soch turmaklatish man etildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala