Hodisalar

Qashqadaryolik ota 2 yoshli oʻgʻlini urib, koʻzlarini oʻyib olmoqchi boʻldi

© Pixabay / PavlofoxKulak, illyustrativnoye foto
Kulak, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Bolaning chap koʻziga notoʻgʻri maz surtish oqibatida koʻz qorachigʻi qattiq shikastlangan
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. Qashqadaryoda ota 2 yoshli oʻgʻlini urib, koʻzlarini oʻyib olmoqchi boʻlgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 25 sentyabr kuni viloyat IIB 102 operatoriga Dehqonobod tumanida yashovchi uy bekasi J.S. qoʻngʻiroq qilib, oʻgʻli E. X.ni eri D.SH. urib tan jarohati yetkazganini va jabrdiyda hozirda Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy markazi Qashqadaryo filialining reanimatsiya boʻlimida yotganini aytadi.
Ayolning hikoya qilishicha, oʻqituvchi boʻlib ishlaydigan turmush oʻrtogʻi oʻsha kuni ishdan kelganida, oʻgʻlini koʻrpachaga yotqizib, "dadasi qarab turar" degan umidda, daladan kelgan sigirni molxonaga qamash uchun tashqariga chiqib ketadi.
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Hodisalar
Namanganda rashkchi erkak ayoli bilan suhbatlashgan tanishini kaltakladi
Oradan yigirma daqiqa oʻtar-oʻtmas, uyga qaytganida eri 2 yoshli bolani urib, boz ustiga notoʻgʻri maz surkab, norasidaning koʻzlarini koʻrmaydigan darajaga olib kelib qoʻyganiga guvoh boʻladi.
"Bolamni boʻgʻgan, kalla qismiga urib tikuv moshinasiga qarab uloqtirgan. Kelsam, hushdan ketib qolgan bolamni koʻrpachaga toʻgʻri qilib yotqizib qoʻyibdi. Bolam koʻkarib, muzlab qolgan ekan", - deb oʻsha kungi hodisani yodga oladi ayol.
Ona oʻgʻlini hushiga keltirishga harakat qiladi, biroq eridan qoʻrqqani sababli tong otishini kutib, hodisa haqida hech kimga xabar bermaydi.
Eri ishga ketgach, ukasini yordamga chaqiradi va u bilan birga bolani bolnitsaga olib boradi.
Ayolning soʻzlariga koʻra, erining oldingi oilasidan ham farzandlari bor va u ularga nisbatan ham zoʻravonlik qilib kelgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Hodisalar
Qashqadaryoda ota mast holatda oʻgʻlini temir boʻlagi bilan urib oʻldirdi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali reanimatsiya boʻlimi maʼlumotnomasida voyaga yetmagan E.X. ning tanasida qoʻshma shikastlanish, bosh miyaning lat yeyishi, yuz sohasini oʻng tomoni shilinmasi, boʻyin oldingi yuzasida usti poʻstloqlashgan terini tirnalgan jarohati, shu sohalarda yumshoq toʻqimaning lat yeyishi koʻrinishidagi jarohatlar borligi koʻrsatilgan. Okulist koʻrigiga koʻra, koʻzda jarohat borligi, jumladan, notoʻgʻri maz surtilishi oqibatida koʻz qorachigʻi shikastlangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala