Hodisalar

Samarqandda qoʻlbola alkotester yasagan GAI xodimi internet yulduziga aylandi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishAlkotester
Alkotester  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
YPX xodimi S.S. “Nexia” haydovchisining mastlik holati bor yoki yoʻqligini qogʻoz yordamida tekshirib koʻrmoqchi boʻlgan.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida yoʻl-patrul xizmati xodimi qogʻozdan yasalgan alkotesterdan foydalangani aks etgan video tarqaldi. YHXBB matbuot xizmati bu holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea 27 sentyabr kuni soat 20:30 larda roʻy bergan. YPX xodimi S.S. “Nexia” haydovchisini toʻxtatgan va uning mastlik holati bor yoki yoʻqligini qogʻoz yordamida tekshirib koʻrmoqchi boʻlgan.
Hozirda Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Molodoy chelovek v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Hodisalar
Surxondaryoda YPX xodimini kapotida sudragan haydovchi hibsga olindi
Boshqarma haydovchining spirtli ichimlikdan mastlik holatini tekshirib koʻrish uchun viloyat YHXB xodimlariga jami 17 dona maxsus alkotester moslamasi foydalanishga berilganini qoʻshimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala