Hodisalar

YPX xodimlarini haqorat qilgan avtobloger ushlandi. Uning telefonida pornovideo aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent shahar IIBB ikki nafar bloger Abror Kozubayev va Bobur Ganiyev ushlangani haqida xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik bilan shugʻullanuvchi Bobur Gʻaniyev Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushlanganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Jamiyat
Qoʻqonlik bloger Iqbol Komiljonov oʻlimi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi - BP
Toshkent shahar IIBB quyidagilarni maʼlum qildi:
30 sentyabr kuni taxminan soat 23.30 larda Uchtepa tumani “Farxod” bozori roʻparasida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Epika rusumli davlat raqami 01 U 909 BB boʻlgan avtomashina toʻxtatilgan.
Transport vositasi haydovchisi 1993 yilda tugʻilgan Abror Kozubayevning (internet tarmogʻida “Abror bloger” nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekshirilgan. Shu jarayonda Epika rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida oʻtirgan 1987 yilda tugʻilgan Bobur Ganiyev (internet tarmogʻida “Avtobloger Bobur Ganiyev” nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal koʻtargan.
Rassmotreniye xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Rossiya
Mashinaga skotch bilan yopishtirilgan holda katta tezlikda shahar aylangan bloger hibsga olindi
IIO xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan jamoat tartibini buzgan. Shundan soʻng transport vositasining haydovchisi A.Kozubayev, yoʻlovchilari B.Ganiyev va O.Salimovlar Uchtepa tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshiruv oʻtkazish jarayonida B.Ganiyevning shaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda, natijasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0