Siyosat

Oʻzbekiston elchisi “Tolibon”* TIV rahbari bilan aviaqatnovni qayta tiklashni muhokama qildi

© Twitter / Dr.M.Naeem Amir Xan Mottaki, naznachennыy "Talibanom"* na doljnost glavы MIDa vo vremennom pravitelstve Afganistana, prinyal posla Uzbekistana Yodgorxodju Shadmanova.
Amir Xan Mottaki, naznachennыy Talibanom* na doljnost glavы MIDa vo vremennom pravitelstve Afganistana, prinyal posla Uzbekistana Yodgorxodju Shadmanova. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar hamda Mozori Sharifdagi aeroportni rekonstruktsiya qilishni muhokama qilishgan.
TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Oʻzbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxoʻja Shodmonov “Tolibon”* tomonidan Afgʻoniston muvaqqat hukumatining tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Mavlavi Amirxon Muttaqiy bilan uchrashdi. Bu haqda afgʻon tashqi siyosiy idorasi vakili Muhammad Naimiy tvitterda maʼlum qildi.
“Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar hamda Mozori Sharifdagi aeroportni rekonstruktsiya qilish va Toshkent va Kobul oʻrtasidagi aviaqatnovlarni tiklashni muhokama qilishdi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, Muttaqiy Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi diplomatik missiyasi rahbariga minnatdorlik bildirib, mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga chaqirgan.
Avvalroq Oʻzbekiston Afgʻonistonga tranzit yuklari muammosini hal etishda yordam berishi xabar qilingan edi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor - TIV
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala