Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonlar va "Tolibon"* haqida siz bilmagan faktlar - veteran bilan intervyu

© © Aleksandr XrolenkoRukovoditel RTSNK v Kabule Vyacheslav Nekrasov
Rukovoditel RTSNK v Kabule Vyacheslav Nekrasov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Eksklyuziv
Afgʻonlar oʻzlarini hech kim bilan bir umrga bogʻlamaydi: manfaat bir boʻlsa birga boʻladi, manfaat yoʻqolgan zamon - ittifoq tarqaladi. Tarixda bunga misollar juda koʻp.
Afgʻon urushi veterani, Afgʻoniston faxriylari ittifoqining maxsus vakili, Afgʻonistonda uzoq yillar davomida ishlagan Vyacheslav Mixaylovich Nekrasov Sputnik muxbiri savollariga javob berdi.
- Vyacheslav Mixaylovich, "Tolibon"* aslida kim?
- Birinchidan, bugungi toliblar 1990 yillardagi toliblar emas. Bugungi Tolibon* boshida bergan katta-katta vaʼdalarning barchasini bajarmayotgan boʻlsa-da, xalqaro hamjamiyat oldida oʻzlarini yaxshi tomondan koʻrsatishga harakat qilishmoqda.
Aytish joizki, "Tolibon"* orasida juda koʻp pushtun millatiga mansub kishilar bor, rahbariyatining barchasi ham – pushtun va aksariyati Pokistondan kelgan. Ular Pokistonda tugʻilib oʻsib, oʻsha yerda taʼlim olgan va Afgʻoniston sharoitini yaxshi bilmaydi.
Bu gaplar, ayniqsa “Haqqoniy” guruhiga taalluqlidir. Baʼzan hatto "Tolibon"*ning turli guruhlari orasida ham tushunmovchiliklar boʻlmoqda. Masalan, “Haqqoni” va “Barodar” guruhlari oʻrtasida yoki “Haqqoniy” va Qandahorliklar orasida. Lekin hozircha rahbariyat ularni tinchlantirib turishga muvaffaq boʻlmoqda.
- "Tolibon"* Pokiston fikriga qarshi borishi mumkinmi?
- Hozir men sizga bir hazilomuz maqol aytaman. Bu 80-yillarda paydo boʻlgan va haligacha dolzarbligini yoʻqotmagan deb oʻylayman. Afgʻonlarning oʻzi ham bu gapni koʻp marta aytishgan va xafa boʻlishmaydi deb oʻylayman.

“Afgʻonni sotib olib boʻlmaydi, uni faqat maʼlum bir muddatga ijaraga olish mumkin”.

Afgʻonlar biror umumiy manfaat uchun birga ishlashi mumkin, manfaat yoʻqolgan zamon - ittifoq tarqaladi. Yaʼni – afgʻonlar oʻzlarini hech kim bilan bir umrga bogʻlamaydi yoki biror majburiyatim bor deb hisoblamaydi.
Tarixda bunga dalil juda koʻp – 80-yillarda AQSH mujohidlarga qancha koʻp yordam bergan edi. Oqibatda Hikmatiyor AQShning oʻziga qarshi jang qildi. 90-yillarda “Al-Qoida”*ni oling – boshida AQShdan katta yordam oldi, oqibatda – ularning 1-sonli dushmaniga aylandi.
Shuning uchun ham men Tolibon harakati yoki uning biror katta guruhi Pokiston razvedkasiga soʻzsiz itoat qilishiga - ishonmayman.
- "Tolibon"* kelishi bilan Afgʻoniston “pushtunlashib” ketishi mumkinmi? Bunda boshqa millatlar taqdiri nima boʻladi?
- "Tolibon"* boshqaruvining birinchi bosqichida darhaqiqat mamlakatda pushtunlar oʻrni kuchayayotganini koʻrish mumkin. Masalan Shoʻro kengashidagi 12 aʼzoning barchasi pushtun millatiga mansub. Bu borada, "Tolibon"* boshida inklyuziv hukumat tuzish toʻgʻrisidagi vaʼdalarini bajarmadi.
Lekin hozir koʻrib turibmiz-ki, ular 2 va 3 bosqich rahbarlari, masalan, departament boshliqlari, vazir oʻrinbosarlari lavozimlariga oʻzbeklar, tojiklar va boshqa millatlarni ham tayinlamoqda.
Masalan, ayni damda Rossiyaga yordam soʻrab murojaat qilgan Afgʻoniston vazirlaridan birining oʻrinbosari ham boshqa millatga mansubdir. Bundan men shaxsan xabarim bor.
Yangi Afgʻon hukumati Afgʻonistonning eng muhim arteriyasi boʻlgan Salang dovonini qish mavsumida ham toʻxtovsiz ishlab turishini istaydi. Ushbu maqsadda ular kerakli texnika, qurilish materillari yetkazib berishda yordam soʻrab Rossiyaga murojaat qilishgan.
Aytish joizki, Salang dovoni Afgʻoniston markaziy va janubiy qismining kun koʻrishi uchun oʻta muhim transport arteriyasidir. Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlarirdan olib kelinayotgan yonilgʻi, oziq-ovqat, tibbiy mahsulotlar, umuman hayot uchun kerakli hamma narsa shu yoʻldan olib oʻtiladi. Uning quvvati sutkasiga 500ta yuk mashinasiga moʻljallangan boʻlsa-da, aslida dovondan kuniga mingtagacha texnika oʻtgan vaqtlar ham boʻlgan. Sovet davrida har qanday ob-havo sharoitida dovondagi yoʻllar ishlab turishini taʼminlash maqsadida u yerda 7ta yoʻl otryadi 24 soat davomida ishlardi.
- "Tolibon"* hukumat boshiga bunchalik oson kelishiga nima sabab boʻldi deb oʻylaysiz?
- Aholining sobiq hukumatdan oʻta noroziligi sabab boʻldi deb oʻylayman. Afgʻoniston davlat sifatida haliyam tashkil topmagan. Markaziy hukumat boshqa davlatlardagidek kuchga ega emas. U yerda hali ham mahalliy hukumat va qabilalar juda katta taʼsirga ega. Ular istamasa hukumatga umuman boʻy soʻnmasligi mumkin.
Undan tashqari Afgʻoniston byudjetining 75% boshqa davlatlar hisobiga toʻldirilar edi. Bunday sharoitdan mustaqillik yoki kuchli hukumat haqida qanday gap boʻlishi mumkin?
AQSH oʻzining 20 yillik hukmronligi davrida, mutlaq yosh vatanparvar avlodni, yangi af-on elitasini tarbiyalab yetishtirishi mumkin edi. Lekin ular Gʻarbda oʻsib katta boʻlgan afgʻonlarni katta pul evaziga hukumat boshiga olib kelishni maʼqul koʻrdi. Bu esa – Afgʻonistonda juda kuchli korruptsiya paydo boʻlishiga olib keldi. Oqibatda aholi oʻrnatilgan hukumatga mutlaq ishonmay qoʻydi.
U yerda ayrim viloyatlarda aholi hukumatga umuman ishonmas edi. Odamlar hatto rasmiy sudga murojaat qilishdan koʻra, shariat sudi – yaʼni qoziga borishni maʼqul koʻrardi. Ularning qarori oʻrta asrlarga xos, shafqatsiz boʻlsa-da, adolatliroq edi. Xalqning mana shu kayfiyati ham "Tolibon"*ga qoʻl keldi.
Hozir esa afgʻon xalqi vanihoyat haqiqiy vatanparvarlar hukmat boshiga keldi, deb oʻylaydi va "Tolibon"*dan katta umid qilmoqda.
Biz ham "Tolibon"* 90 yillardagi "boshqaruv"dan soʻng toʻgʻri xulosalar chiqarib olgan deb astoyidil umid qilamiz. Aks holda yana oʻsha oldingi qora bulut mamlakatni bosadi. Bu esa turli hududlarda birin ketin qarshilik oʻchogʻlari paydo boʻlishi va mamlakat yana fuqaro urushi girdobiga tushishi aniq.
- Oʻtgan haftada "Tolibon"* nima sababdan oʻz qoʻshinlarini Tojikiston chegarasi yaqiniga, Toxar viloyatiga olib keldi?
- Ushbu voqealarning asl sababini tushunish uchun tojik-afgʻon munosabatlari tarixiga nazar solish kerak. Maʼlumki, Afgʻonistonning Panjsher viloyatida asosan tojik millatiga mansub aholi yashaydi. 1990 yillarda Tojikistonda fuqarolar urushi boʻlib, minglab aholining hayoti xavf ostida qolganda, Afgʻoniston, asosan panjsherlik tojiklar ularga boshpana, oziq-ovqat bergan edi. Sharoitlari juda zoʻr boʻlmasa ham qochqinlar uchun lagerlar qurib berilgan edi. Men ham u yerda boʻlganman, hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Umuman, oʻsha vaqtda Panjsher rahbari, butun Afgʻonistonga taʼsiri oʻtgan Ahmad Shoh Masʼudning shaxsan oʻzi Tojikistonda tinchlik oʻrnatish, tomonlarni yarashtirish uchun juda koʻp ish qilgan. Albatta, Dushanbe bu yaxshiliklarni unutmaydi. Shu sababli ham Tojikiston panjsherlik qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatlagan.
Ikkinchidan, milliy yaqinlik - u yerda ham tojiklar, bu yerda ham tojiklar. Baʼzida hatto qarindoshlik darajasigacha yaqinliklar ham uchrab turadi. Mana shu ham Dushanbening bugungi kunda tutgan siyosiy pozitsiyasining yana bir sababi boʻlishi mumkin.
Lekin aynan hozir u yerda biror jiddiy urush yoki janglar boʻlishi mumkinligiga ishonish qiyin. Chunki - qish kelmoqda. Afgʻonistonda har doim qish mavsumida janglar toʻxtaydi, ayniqsa togʻli hududlarda. Chunki sovuq boshlanadi, yoʻllar yopiladi va bunday sharoitilarda jang qilish ancha mushkul.
Emomali Rahmon BMT minbaridan turib keskin bayonot bilan chiqqanidan soʻng, "Tolibon"*ning jahli chiqdi, oddiy qilib aytganda, “oʻz mushaklarini namoyish qildi”. Shu bilan tamom. Rossiya bu yerda mutlaq toʻgʻri pozitsiya egallab, tomonlarni tinchlikka chaqirdi.
- Tojikiston va "Tolibon"* orasida qurolli mojaro boʻlishi mumkinnmi?
- Xudo koʻrsatmasin, agar vaziyat shu darajaga yetsa – juda qiyin boʻladi. Chunki Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasi juda murakkab relyef orqali oʻtgan va uni qoʻrishlash juda mushkul. Men ushbu chegarani ikkala tomonga ham bir necha bor kesib oʻtganman. 1980 yillarda Sovet Ittifoqi ushbu vazifa uchun ulkan kuchlar sarflagandi, lekin baribir iloji boʻlmagan edi.
Ikkinchidan, agar "Tolibon"* biror tajovuzkorona harakatlar qilsa, harbiy mutaxassislar aniqroq aytishi mumkin, lekin, menimcha, Tojikiston armiyasi bugungi kunda ularga samarali qarshilik koʻrsata olishga qodir emas.
Uchinchidan, u yerda biror jang boʻlsa, keyin uni toʻxtatish qiyin boʻladi. Chunki Sharqda. urush qurbonlari unutilmaydi, qasos olish tuygʻusi kuchli. Shuning uchun ham bu yerda tinchlik va yana tinchlik kerak.
Umuman olganda "Tolibon"* chegarani kesib oʻtmoqchi ham emas. Ular buni har doim taʼkidlab kelgan. Lekin, ISHID*, “Al-Qoida*” kabi chet davlatlardan kirib kelgan jangarilar tomonidan ana shunday chiqishlar sodir etilishini kutish mumkin.
Bunday ekspansiyaning eng xavfli tomoni – hech qanday toʻsiqlarni tan olmaydigan, diniy ekstremistik gʻoyalardik. Ularning kirib kelishi eng yomoni oqibatlarga olib kelishi mumkin.
- Toshkent bu borada Tojikistonga biror taʼsir oʻtkazishi mumkinmi?
- Afgʻoniston shimolida, Jauzjon, Shibergan, Mozori Sharif tomonlarda oʻzbeklar juda koʻp. Oʻzbekistonda prezident almashganidan soʻng Afgʻoniston bilan munosabatlar ancha yaxshilandi. Chegarani kesib oʻtish qoidalari, viza olish tartibi soddalashtirildi. Albatta, afgʻonlar bundan minnatdor.
Ikkinchidan, Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan chegarasi uncha katta emas va u juda yaxshi qoʻriqlanadi. Bu yerda tikanli sim va boshqa barcha toʻsiqlar bor. Shu sababli ham narkotiklar tashib oʻtish koʻproq Tojikiston tomonidan kuzatilmoqda.
Ushbu ehtimoliy mojaroda Toshkent ham, albatta, tinchlik tarafdoridir va u oʻz fikrini KXSHT va boshqa hamkorlik tashkilotlari doirasida Tojikistonga yetkazadi.
- AQSH nega Afgʻonistonda muvaffaqiyatsizlikka uchradi? Ular yana nima qilmoqchi?
- AQSH soʻnggi 20 yil ichida Afgʻonistonga milliardlab pullarini sarflab, oxirida deyarli hech narsani amalga oshirmay qochib ketishdi. Rostini aytsam, men bundan hayron qoldim.
Yaqinda Pentagon vakili Kongressda nutq soʻzlagan edi. Uning aytishiga koʻra, AQSH Afgʻonistonda oʻz missiyasini oxirga yetkazmagan.
Shu sababli ham ular Rossiyaga Markaziy Osiyo davlatlariga murojaat qilib, u yerda joylashgan harbiy bazalaridan foydalanish istagini bildirishgan.
- Markaziy Osiyodagi harbiy bazalar AQShga nima kerak?
- Ushbu hududda oʻz taʼsini saqlab qolish uchun. Bu yerdan turib ham Afgʻonistonga, ham Xitoyga va Pokistonga ham Markaziy Osiyo va Rossiyaga taʼsir oʻtkazish mumkin. Hozircha ular buni ehtiyotkorlik bilan soʻramoqda, lekin vaqt oʻtishi bilan ular buni uchun qatʼiy turib olishi mumkin. Biz shundan hushyor boʻlishimiz kerak.
* Rossiya va boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terrorchi tashkilotlar.
Zdaniye Pentagona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Dunyoda
OAV: AQSH Oʻzbekiston bilan harbiy obʼyektlardan foydalanish borasida muzokara olib bormoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala