Jamiyat

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning vazifalari belgilandi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa s sada
mechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa s sada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda qoʻmitaning vazifalari belgilandi.
TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi “Norma” axborot huquqiy portali.
Nizomda quyidagilar belgilangan:
- Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari;
- Qoʻmitaning huquq va majburiyatlari, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
- Qoʻmita rahbarlarining funktsional vazifalari va masʼuliyati;
- Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita din ishlari sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga masʼul vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. U oʻz faoliyati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.
Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi. Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy koʻchasi, 12-uy manzilida joylashadi.
Qoʻmita tizimiga Markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari kiradi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning asosiy vazifalari:
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Oʻzbekistonning dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;
diniy mutaassiblik va ekstremizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
jamiyatda diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini koʻrish;
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
ekstremizm, separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash va boshqalar.
V rukax u Aniyash apa Koran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Jamiyat
Diniy taʼlim faqat malakali mutaxassis tomonidan berilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala