Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi

© SputnikUzbeksko-turkmenskiy forum v Tashkente
Uzbeksko-turkmenskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Sardor Umurzakovning soʻzlariga koʻra, soʻnggi bir yil ichida Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oʻsgan.
TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Toshkentda birinchi Oʻzbekiston – Turkmaniston iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining oʻrinbosari Esenmurad Orazgeldiyev qatnashmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Sardor Umurzakovning soʻzlariga koʻra, soʻnggi bir yil ichida Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oʻsgan, joriy yil sakkiz oyida 25 foizga oshgan.
Bosh vazir oʻrinbosani joriy yilda Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferentsiyalar bosh tizimi benefitsiari maqominiolganini eslatib oʻtdi va bu 6 mingdan ziyod turdagi tovarlarni Yevropaga bojsiz olib kirish imkonini berishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, ikki mamlakat tadbirkorlari sanoat va eksportni hamkorlikda rivojlantirish uchun bu imkoniyatlan birgalikda foydalanishlari mumkin.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2020 yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 527 million dollarni tashkil etgan. Joriy yil yanvar-avgustida bu koʻrsatgich 418,1 million dollarga teng boʻlgan.
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Siyosat
Turkmaniston prezidenti kelasi haftada Oʻzbekistonga keladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala