O‘zbekiston benzin importini 3,2 baravarga oshirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishBenzin
Benzin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston joriy yilning yanvar-avgust oylarida 100 mln dollarlik 281,6 mln litr avtomobil benzinini import qilgan.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga qiymati 100 mln dollarga teng bo‘lgan 281,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga oshgan.
Benzin asosan Rossiya (139 mln litr), Turkmaniston (121 mln litr), Qozog‘iston (16 mln litr) va Iroqdan (3,6 mln litr) olib kelingan.
2021 yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikada jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Zapravochnaya kolonka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
O‘zbekistonda AI-98 markali benzin ishlab chiqarish o‘zlashtirildi
Yangiliklar lentasi
0