AQSh sheriklari bilan birga Rossiyaga Navalniy bo‘yicha savollar yo‘lladi

© Press-slujba Mosgorsuda / Mediabankka o‘tishZasedanie suda po delu A. Navalnogo
Zasedanie suda po delu A. Navalnogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
AQSh va yana 44 mamlakat Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining navbatdagi majlisida Navalniy bilan bog‘liq voqea bo‘yicha Rossiyaga savollar yo‘llashdi
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. AQSh va yana 44 mamlakatlar Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) liniyasi bo‘yicha muholifatchi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq hodisa bo‘yicha Rossiyaga savollar ro‘yxatini yuborishdi va 10 kun ichida javobni kutib qolishadi.
Bu haqda AQSh davlat departamenti ma’lumotiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
"Bugun Gaaga shahrida AQSh va yana 44 ta davlat Rossiya Federatsiyasiga janob Aleksey Navalniyning o‘tgan yili RF hududida zaharlanishi yuzasidan savollarni taqdim etishdi", - deyiladi press-reliz matnida.
Sotrudniki OZXO v shtab-kvartire organizatsii v Gaage, Niderlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2020
OZXO mojarosi – G‘arbning o‘zidan o‘zi hal bo‘lib ketmaydigan muammolarining aksi
“Kimoviy qurollarni taqiqlash konvensiyasi qoidalariga ko‘ra Rossiya mazkur savollarga 10 kun ichida javob yuborishi kerak”, – deyilgan hujjatda.
Savollar taqdimoti Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti ijroiya kengashining 98-majlisi ochilishiga bag‘ishlangan.
O‘tgan yilning 20-avgustida Navalniy Tomskdan qaytayotganda samolyotda o‘zini yomon his qilgach, havo kemasi Omsk shahri aeroportiga favqulodda qo‘ngan va bemor shifoxonaga olib borilgan edi. Birinchi ko‘rik xulosalariga ko‘ra shifokorlar Navalniyga "moddalar almashinuvi buzilishi natijasida qondagi shakar miqdorining keskin o‘zgarishi" tashxisini qo‘yishgan. Bunga nima sabab bo‘lgan, hali noma’lum, lekin omsklik shifokorlarga ko‘ra, Navalniy qoni va peshobida zaharli moddalar aniqlanmagan.
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2021
Navalniy bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishga asos yo‘q - Lavrov
Keyinchalik Navalniy samolyotda Germaniyaga ko‘chirildi. Bu voqealardan so‘ng GFR rasmiylari harbiy shifokorlarga tayanib, Navalniy organizmidan "Novichok" guruhiga mansub jangovar zahar izlari topilgani haqida xabar berdi. Sal keyin GFR Vazirlar Mahkamasi germaniyalik ekspertlar xulosalarini Shvetsiya va Fransiya laboratoriyalarida o‘tkazililgan tekshiruvlar ham tasdiqlaganini xabar qilishdi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha tarzda Berlin so‘roviga asosan Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti bu yo‘nalishda o‘z tadqiqotlarini olib borayotganini ma’lum qildi. Kreml bu voqealar yuzasidan Berlin bunday xulosalar to‘g‘risida Moskvaga hech qanday ma’lumot taqdim qilmagani hamda ushbu voqea yuzasidan RF TIV tomonidan yuborilgan rasmiy so‘rovga javob kutayotganini aytdi: xususan, bir oy ichida Rossiya Navalniy voqeasi yuzasidan Berlinga 3 ta huquqiy yordam so‘rovini yuborgan va ularga hanuzgacha javob olinmagan. Navalniy kasalxonaga yotqizilgan kuniyoq prokuratura va politsiya o‘z tekshiruvlarini boshlab yuborishgan edi.
GFR Hukumati ilgariroq, Germaniyaning BND maxfiy xizmati 1990-yillarda "Novichok" zaharli jangovar moddadan foydalana olish imkonitiga ega bo‘lganini inkor etmagan.
Sal oldin RF Tashqi razvedka xizmati (TRX) direktori Sergey Narishkin "Navalniy ishi"da juda ko‘p nomuvofiqliklar borligini, ammo TRX aslida nima ro‘y bergani borasida haqiqatning bir qisminigina bilishini aytgan edi.
Aleksey Navalniy v zale Babushkinskogo rayonnogo suda, gde proxodit viezdnoe zasedanie po apellyatsii na reshenie suda o zamene dlya nego uslovnogo nakazaniya na realnoe po delu Iv Roshe. Syemka cherez steklo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Rossiyada o‘g‘irlangan pul evaziga Navalniyning hamtovoqlari AQShda fond ochishdi
Shuningdek, Rossiya TIV Navalniy bilan bog‘liq vaziyatga izoh berayotgan xorijiy siyosatchilarga xalqaro huquqni hurmat qilishni va o‘z davlatlari muammolari bilan shug‘ullanishni maslahat bergan bo‘lsa, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov G‘arb siyosatchilarining bu mavzudagi bayonotlari "bir xil qolipda" bo‘layotganini ta’kidlagandi. O‘z navbatida, Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Kreml Navalniy haqida chet eldan yangrayotgan bayonotlarga quloq tutish niyatida emasligini aytgandi.
Rossiya TIV Navalniy voqeasidan bir yil o‘tib, bu hodisa maqsadi avval boshdan Rossiyani obro‘sizlantirishga qaratilganini, u G‘arb tomonidan davlatni tiyib turish va unga qarshi yangi hujumlarni amalga oshirish uchun amalga oshirilgan rejali provokatsiya bo‘lganini ma’lum qildi. Vazirlik ta’kidiga ko‘ra, Berlin RFga qo‘yilgan ayblovlarni tekshirib ko‘rish imkonini beruvchi hech qandaydalillarni taqdim etmagan va KQTT Moskvaning yordam so‘rovini "bir chetga o‘rab qo‘yib" ish qo‘zg‘atilishiga to‘sqinlik qilgan.
Yangiliklar lentasi
0