Iqtisod

Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgachasi qoplab berilishi mumkin

© Sputnik / Alexey Kudenko / Fotobankka oʻtishTovarnыe poyezda stoyat na stantsii Bekasovo-Sortirovochnoye
Tovarnыe poyezda stoyat na stantsii Bekasovo-Sortirovochnoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Eksport qiluvchi arizasi boʻyicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
TOSHKENT, 6 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Unga koʻra, mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi mumkin.
Nizomga koʻra, eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:
eksport qiluvchi Oʻzbekistonda davlat roʻyxatiga olingan;
mahsulotlar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan;
mahsulotlar Oʻzbekiston bilan chegaradosh boʻlmagan davlatlarga eksport qilingan (Afgʻonistonga eksport qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
mahsulotlar eksport rejimiga joylashtirilgan (5000 AQSH dollarigacha mahsulotlarning pochta joʻnatmalari orqali eksporti mustasno);
eksport shartnomasida mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va toʻlovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi kerak.
Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, agentlik veb-sayti orqali taqdim etiladi.
Eksport qiluvchi arizasi boʻyicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi, hujjatlarda notoʻgʻri, ishonchsiz maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish kompensatsiya toʻlashni rad etishga asos boʻladi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Iqtisod
Ayrim tovarlarga bojxona imtiyozlari qoʻllaniladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala