Jamiyat

Rossiyada ishlash niyatida boʻlganlar uchun onlayn tanlovlar oʻtkaziladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKrupnыe rossiyskiye kompanii provodyat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane
Krupnыe rossiyskiye kompanii provodyat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Ertaga Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlarida Rossiyada ishlamoqchi boʻlgan nomzodlar uchun onlayn shaklida tanlovlar boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning turli tashkilotalrida ishlash niyatida boʻlganlar uchun onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan tanlovni eʼlon qildi.
Rossiyaning “Kamaz”, “OKN servis”, “Shtandart”, “Spetspostavka” tashkilotlari boʻsh ish oʻrinlari uchun 8 oktyabr kuni onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.
Quyidagi mutaxassislar tanlab olinadi:
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Migratsiya
Rossiya qurilish maydonlariga migrantlarni olib kelish qachon boshlanadi
elektr-gaz payvandchi, shtaplovchi, yuk tashuvchi, yuklovchi, qadoqlovchi, traktor va avtomobil haydovchisi, mashina payvandchisi, muhandis-konstruktor, yuk tarqatuvchi, shaffof tizimlar va ikki qavatli oynalarni yigʻish boʻyicha mutaxassislar, santexniklar.
Tanlovda ishtirok etish niyatida boʻlgan nomzodlar uchun talablar:
· 18-50 yosh oraligʻida boʻlishi;
· Yuqori talabchanlik;
· Sudlanmagan boʻlishi;
· Oʻzbekistondan chiqishga va Rossiyaga kirishga taʼqiq qoʻyilmagan boʻlishi.
Oylik maoshi (ish hajmi va ish grafigiga bogʻliq), deyilgan xabarda.
Tanlov oʻtkaziladigan hududlar haqidagi maʼlumotlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy boʻlinmalaridan olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala