Hodisalar

Mashina oynasidan tanasini chiqarib olgan "kaskadyor-operator"ga chora koʻrildi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
“Spark” oynasidan tanasini chiqarib olgan operator javobgarlikka tortildi.
TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda "Bizning fotograflar oldida gollivud kaskadyorlari hijolat" izohi bilan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Videoda yoʻlovchi oʻz salomatligini xavf ostiga qoʻygan holda harakat vaqtida "Spark" rusumli avtomobil salonidan chiqib olganligi aks etgan.
Hodisalar
Toshkentda yongʻin oqibatida bir kishi halok boʻldi
Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrganilganda, ushbu holat 2021 yil 5 oktyabr kuni soat 16:30 larda, Yangihayot tumani hududida sodir boʻlganligi aniqlandi.
Yoʻlovchi sifatida qoidani buzgan, 1999 yilda tugʻilgan M.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 138-moddasi toʻrtinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala