Jamiyat

Oʻzbekiston butun Markaziy Osiyo bilan "harbiy ishonch"ni oʻrnatdi - ekspert

© Pixabay / ArtTowerVoyennыy istrebitel, illyustrativnoye foto
Voyennыy istrebitel, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi harbiy hamkorlik oʻzaro ishonchni mustahkamladi.
TOSHKENT, 12 oktyabr - Sputnik. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi harbiy hamkorlik oʻzaro ishonchni mustahkamladi va mintaqadagi ziddiyat darajasini pasaytirdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori oʻrinbosari Sanjar Valiyev aytdi.
Flag Pakistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston va Pokiston SHHT doirasida Afgʻonistonga yordam beradi
"Markaziy Osiyoning qoʻshni davlatlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ikki tomonlama aloqalarni oʻrnatish Oʻzbekistonning harbiy hamkorligining muhim yoʻnalishiga aylandi. Bu Oʻzbekiston uchun birinchi tajriba boʻldi va u darhol kerakli boʻlgan natijaga olib keldi - Oʻzbekiston chegaralaridagi ziddiyat darajasi pasaydi va harbiy sohadagi oʻzaro ishonch mustahkamlandi", - dedi mutaxassis.
Mutaxassis soʻnggi yillarda Oʻzbekiston birinchi marta Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan harbiy sohada hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzganini elatib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu hujjatlar doirasida tajriba almashish, kadrlar tayyorlash, qoʻmondon-shtab va taktik mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha hamkorlik tashkil etildi.
"Hozirgi kunda respublika hukumati "qoʻshni davlatlarning harbiy xizmatchilarini Oʻzbekiston harbiy oliy oʻquv yurtlarida oʻqitishni tashkillashtirish" ustida ish olib bormoqda" – deya taʼkidladi Valiyev.
SMTI direktori oʻrinbosarining fikricha, Oʻzbekistonning qoʻshni davlatlar bilan harbiy hamkorligi mintaqadagi har qanday vaziyatni muvofiqlashtirish va birgalikda harakat qilishning samarali mexanizmlarini yaratishga imkon berdi.
"Qolaversa, bizda Markaziy Osiyoda MDH va SHHT kabi tashkilotlar koʻrinishidagi samarali vositalar mavjud, ular doirasida mudofaa vazirlari uchrashuvlari homiyligida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan", - dedi ekspert.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala