O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

© AP Photo / Anvar IlyasovVibori prezidenta Uzbekistana, arxivnoe foto
Vibori prezidenta Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Obuna bo‘lish
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Bugun, 14-oktabrdan boshlab O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.
Muddatidan oldin ovoz berish 20-oktabrgacha bo‘lib o‘tadi. Rossiya hududida uchastkalar respublikaning Moskvadagi elchixonasida, “Saxarovo” migratsiya markazi hududida hamda Razan, Voronej, Vladimir va Ivanovoda ochilgan. Ular Moskva vaqti bilan soat 9:00 dan soat 19:00 gacha ishlaydi.
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.
To‘ldirilgan saylov bulleteni yopiq konvertda, tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olingan.
Prezidentskie vibori v Uzbekistane — 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Prezident saylovi: nomzodlar nima taklif qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0