Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Putin: terrorchilar Afgʻonistondan Markaziy Osiyoga yoyilishni boshlashi mumkin

© POOL / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v plenarnom zasedanii foruma "Rossiyskaya energeticheskaya nedelya"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v plenarnom zasedanii foruma Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Iroqdan, Suriyadan Afgʻonistonga tajribaga ega jangarilar yigʻilib kelmoqda.
TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Terrorchilar Afgʻonistondan qoʻshni mamlakatlarga yoyilishni boshlashi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

“Iroqdan, Suriyadan u yerga jangovar harakatlarda tajribaga ega jangarilar yigʻilib kelmoqda. Shu bois terrorchilar chegaradosh mamlakatlardagi, jumladan, MDH mamlakatlaridagi vaziyatni ham beqarorlashtirishga, toʻgʻridan-toʻgʻri yoyilishga urinishni boshlashlari mumkinligi istisno qilinmaydi”, - dedi Putin.

Rossiya rahbari afgʻon chegarasidagi vaziyatni doimiy kuzatuvga olish va jangarilarga qarshilik koʻrsatishga shay turish muhimligini taʼkidladi. Buning uchun kuch ishlatar tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish va kerak boʻlgan paytda qoʻshma amaliyotlarni oʻtkazish darkor.
“Afgʻonistondagi vaziyat oddiy emas, bu oʻzingiz ham yaxshi bilasiz. Amerika qoʻshinlari batamom olib chiqib ketilgandan soʻng hukumat oʻz tartiblari, oʻz qoidalarini oʻrnatayotgan toliblar qoʻliga oʻtdi. Shu bilan birga mamlakatda ISHID* tarkibidagi qator xalqaro terrorchilik guruhlar oʻz ishini davom ettirmoqda”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi Markaziy Osiyo, Kavkazorti va boshqa mintaqalar uchun tugʻilayotgan ehtimoliy tahdidlar sentyabrdagi KXSHT va SHHT sammitlarida batafsil muhokama qilinganini qayd etdi. Bu mavzu boʻlajak MDH sammitida ham muhokama qilinadi, deb qoʻshimcha qildi u.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻoniston terrorchilar makoniga aylanmoqda – Emomali Rahmon
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala