Jamiyat

Rossiyalik olimlar bilan fundamental tadqiqotlar koʻlami kengaytiriladi

© Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiRossiya fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi bilan hamkorlik
Rossiya fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi bilan hamkorlik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Moskva shahriga tashrif buyurdi.
TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Moskva shahridagi Rossiya fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi kengashi raisi, "Kurchatov instituti" Milliy tadqiqotlar markazi vitse-prezidenti, akademik Vladislav Panchenko va jamgʻarma rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.
Uchrashuvda "Oʻzbekiston-Rossiya" xalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovi doirasida fundamental tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan joriy etilgan yangi mexanizm – Scopus xalqaro maʼlumotlar bazasidagi Xirsh indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan rossiyalik olimlarning hamrahbarligida qoʻshma fundamental tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish lozimligi qayd etildi. Bu oʻz navbatida, Oʻzbekistonda nufuzli yangi ilmiy maktablar va yangi ilmiy yoʻnalishlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Proizvodstvo vina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston va Kurchatov instituti olimlari birgalikda qanday tadqiqotlarni amalga oshiradi
Muloqot davomida genetika, genomika, mikrobiologiya hamda yadro tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, ushbu sohalarga oid ilgʻor tajriba va yangi texnologiyalarni Oʻzbekistonda lazer texnologiyalari, yadroviy tibbiyot va vinochilikni rivojlantirishga joriy etish mexanizmlari muhokama etildi.
Shuningdek, Rossiya fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi bazasida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilmiy texnika axboroti markazi masʼul xodimlarining ilmiy loyihalar ekspertizasini tashkil etish yuzasidan ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish boʻyicha stajirovkasini yoʻlga qoʻyish belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala