Jamiyat

Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga yangi 3 xonali uy qurilyapti

© Press-slujba NOK UzbekistanaLegendarnomu uzbekskomu bokseru Rufatu Riskiyevu stroyat novыy dom
Legendarnomu uzbekskomu bokseru Rufatu Riskiyevu stroyat novыy dom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga koʻchib oʻtadi.
TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. “Toshkent yoʻlbarsi” nomi bilan jahonga mashhur boʻlgan afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga koʻchib oʻtadi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.
Oʻzbekiston boks federatsiyasining bosh homiysi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqiyevga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi.
Tashkentskiy tigr: legendarnыy uzbekistanskiy bokser Rufat Riskiyev otmechayet 72-letiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Sport
“Toshkent yoʻlbarsi”: afsonaviy oʻzbek bokschisi Rufat Risqiyev 72 yoshga toʻldi
“Loyihaga koʻra, Rufat akaning xonadonidagi boʻsh yer maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy 3 xonali uy qurib beriladi. Reja boʻyicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschi unga koʻchib oʻtadi”, - deyilgan xabarda.
Rufat Asadovich Risqiyev 1974 yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida gʻalaba qozongan ilk oʻzbek bokschisi boʻlib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Asadovich 1976 yilgi Olimpiya oʻyinlari finalchisi ham ekani yaxshi maʼlum. 2019 yildan eʼtiboran boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala