Migratsiya

Eng koʻp deport qilinadigan migrantlar kimlar - ekspert javobi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Mutaxassis Rossiyada qaysi toifadagi migrantlar eng koʻp deportatsiya qilinishi va buning oldini olish yoʻllari xususida gapirdi
TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiyadagi chet el fuqarolari deport qilinishining eng asosiy sababi - ular tomonidan RFda boʻlib turish muddatlarining buzilishidir. Bu haqda Mehnat migrantlari kasaba uyushmasi raisi Renat Karimovga tayangan holda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Karimov chet el fuqarolari Rossiya hududida yarim yil vaqt ichida 90 kundan ortiq boʻla olmasliklari, bu muddat oʻtishi bilan ular oʻz vatanlariga qaytishlari kerakligini aytadi.
Qoidabuzarlik yuz bermasligi uchun ular faqat uch oydan soʻng RFga qaytib kelishlari mumkin.
Rabochiye v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Migratsiya
Peskov Oʻzbekiston fuqarolari uchun "migratsiya amnistiyasi"ga oid savolga javob berdi
Karimovga koʻra, mehnat migrantlari patent rasmiylashtirilishi zarurligiga eʼtibor qaratgan. Agar bunga migrantning moliyaviy imkoniyati boʻlmagan taqdirda ham u qonunni buzgan sanaladi.
"U hisobga olish bazasi boʻyicha kuzatib boriladi. Ertami-kechmi migrant baribir Rossiyadan chiqadi. Shunda uning qachon Rossiyaga kirib kelgani, qancha vaqt bu yerda noqonuniy boʻlib turgani oydinlashadi", - deydi ekspert.
Bunday holda migrantga kirish avtomatik tarzda yopiladi. Shuningdek, chet el fuqarolari koʻchalarda toʻxtatilib, tekshirilishi ham mumkin.
"Agar u patent rasmiylashtirmagan holda Rossiyadan uzoq vaqt chiqmagani aniqlansa, bunday holda migrant qoʻliga RFga kirishga taʼqiq toʻgʻrisidagi qarorni tutqazishlari mumkin", - deydi Karimov.
Chem pomojet rыnku truda amnistiya dlya trudovыx migrantov - mneniye eksperta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Analitika
Migrantlarni afv qilish qanchalik toʻgʻri qaror?
Agar ish sudgacha taqaladigan boʻlsa - holat ogʻirlashadi. Sababi amnistiya sud qarori bilan RFdan chiqarib yuborilgan migrantlarga joriy etilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Rossiya mehnat qiluvchi migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikalaridan boʻlgan 150 ming nafar migrantlardan kirishga taʼqiq olib tashlanishi haqida eʼlon qilgan edi. Keyinroq ushbu raqam 158 mingga oʻzgardi.
Rossiya prezidenti huzuridagi inson huquqlari boʻyicha prezidium kengashi aʼzosi Kirill Kabanovning soʻzlariga koʻra, ushbu qaror mamlakatdagi kriminogen ziddiyatni kuchaytiradi va mamlakat xavfsizligiga tahdidni yuzaga keltirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala