Jamiyat

Ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori keskin kamaytirilmoqda

© Sputnik / Maksim BlinovList bumagi v ruke
List bumagi v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazish uchun jarima miqdori BHMning oʻn baravaridan yigirma baravarigacha boʻlgan miqdor oraligʻida belgilanmoqda.
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 5 ta moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan jarimalar miqdori huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib keskin kamaytirilmoqda.
Xususan, muddati oʻtgan sugʻurta polisi yoki sugʻurta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilyapti.
Shuningdek, transport vositalari egalari tomonidan sugʻurta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolarga ikki baravarga, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda. Fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazish uchun jarima miqdori BHMning oʻn baravaridan yigirma baravarigacha boʻlgan miqdor oraligʻida belgilanmoqda.
Shuningdek, taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga, yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shugʻullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda.
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Jarima kamaytiriladi: haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala