Jamiyat

Oʻzbekiston hududlaridagi aholi soni maʼlum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNarodnыe gulyanya v parke “Navruz”
Narodnыe gulyanya v parke “Navruz” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Hududlar kesimida eng koʻp aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida.
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi hududlarning doimiy aholisi soni haqida maʼlumot berdi.
Maʼlumotlariga koʻra, 1 oktyabr holatiga respublika hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:
Samarqand viloyati — 4 mln 8 ming 843 kishi;
Fargʻona viloyati — 3 mln 878 ming 034 kishi;
Qashqadaryo viloyati — 3 mln 388 ming 896 kishi;
Andijon viloyati — 3 mln 237 ming 266 kishi;
Toshkent viloyati — 3 mln kishi;
Namangan viloyati — 2 mln 914 ming 194 kishi;
Toshkent shahri — 2 mln 840 ming 830 kishi;
Surxondaryo viloyati — 2 mln 726 ming 086 kishi;
Buxoro viloyati — 1 mln 968 ming 268 kishi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1 mln 939 ming 463 kishi;
Xorazm viloyati — 1 mln 914 ming 434 kishi;
Jizzax viloyati — 1 mln 434 ming 964 kishi;
Navoiy viloyati — 1 mln 28 ming 352 kishi;
Sirdaryo viloyati — 873 ming 798 kishi.
Oʻzbekistonda aholi soni har kuni oʻrtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda. 18 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston aholisi soni 35 mln 122 ming 514 kishini tashkil etgan.
Ploщad Drujbы narodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonning doimiy aholisi 2020 yilga nisbatan 2% oshdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala