Hodisalar

Parkentda tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd soʻmni oʻzlashtirgani fosh boʻldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishRuki v naruchnikax
Ruki  v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Birlashma boshligʻi va boshqa ishga aloqador shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ish hozir sudga yoʻnaltirilgan.
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1 mlrd 511 mln 123 ming soʻm pulni talon-toroj qilishgan. Bu tuman prokuraturasi oʻtkazgan tekshiruvda aniqlandi.
Tekshirish yakuniga koʻra, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 2019 - 2020 moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomini 1 milliard 193 million 205 ming soʻm miqdorda buzgani aniqlangan. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 1 milliard 511 million 123 ming soʻm pul mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar 36 nafar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va ishga aloqador guvohlarning koʻrsatmalarida bayon etilgan. Bundan tashqari, soxtalashtirib, notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan tabellar, shtat-smeta hujjatlari va boshqa dalillar ish hujjatlariga qoʻshilgan.
Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Hodisalar
MIB xodimi qariyb 590 mln soʻmni oʻzlashtirib yuborgan – Bosh prokuratura
Tibbiyot birlashmasi boshligʻi va boshqalarga nisbatan JKning 184−1-moddasi 2-qismi (Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) va 167-moddasi 3-qismi "a" bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ayblanuvchilarga nisbatan qamoq, uy qamogʻi va garov ehtiyot choralari qoʻllanilgan.
Hozir ish mazmunan koʻrib chiqishlik uchun Parkent tuman sudiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala