Dunyoda

Tojikiston janubida KXSHTga aʼzo davlatlarning harbiy oʻquv mashgʻulotlari boshlandi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishVoyennыe ucheniya ODKB "Rubej-2021" v Kirgizii
Voyennыe ucheniya ODKB Rubej-2021 v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Tojikistonning "Momirak" poligonida KXSHTga aʼzo davlatlarning harbiy oʻquv mashgʻulotlari boshlandi
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik, Lidiya Isamova. KXSHTga aʼzo davlatlar qoʻshinlarining harbiy oʻquv mashgʻulotlari Tojikistonning janubiy qismida boshlandi, deya habar berdi Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi boshligʻi polkovnik Faridun Maxmalizoda RIA Novosti agentligiga.
Avvalroq Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin oktyabr oyida Tojikiston Respublikasi hududida, Afgʻoniston chegarasi yaqinida, KXSHTga aʼzo davlatlarning harbiy kontingentlari bilan uchta "Hamkorlik", "Qidiruv" va "Eshelon" qoʻshma mashgʻulotlari oʻtkazilishini aytgan edi.
Flagi stran-uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Siyosat
SHHT maxsus xizmatlari Afgʻonistondagi vaziyat fonida aloqalarni faollashtirmoqda
"18-23 oktabr kunlari Tojikiston Qurolli Kuchlarining "Momirak" va "Harbmaydon" poligonlarida "Jangovar birodarlik - 2021" qoʻshma tezkor-strategik mashgʻulotlari doirasida "Eshelon-2021", "Qidiruv-2021" va "Hamkorlik - 2021" maxsus mashqlari boʻlib oʻtadi", – deya taʼkidlagan Aleksandr Lapin.
Tojik-afgʻon chegarasi yaqinidagi mashgʻulotlar Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston harbiylari ishtirokida oʻtkaziladi.
Uning soʻzlariga koʻra, KXSHT Kollektiv kuchlari guruhi xalqaro terrorchi tashkilotlarning jangchilari tomonidan Tojikiston hududiga kirishga qilingan urinishlar bilan bogʻliq chegaradagi qurolli mojaroni mahalliylashtirish boʻyicha qoʻshma operatsiyani tayyorlash va oʻtkazish vazifalarini ishlab chiqadi. Mashgʻulotlarga Tojikiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi, general -leytenant Emomali Sobirzoda va KXSHT Birlashgan shtabi boshligʻi, general -polkovnik Anatoliy Sidorov qoʻmondonlik qiladi.
Mashgʻulotlarning asosiy vazifalari - KXSHT qoʻshinlari (Kollektiv kuchlari) boshqaruv tizimini takomillashtirish, boshqaruv organlari va boʻlinmalarining oʻzaro muvofiqligini oshirish, shuningdek, tashkilotning kollektiv xavfsizlik tizimi kuchlari va vositalarining oʻzaro ishlashiga erishish.
V Nukuse voyennыe proveli onlayn soveshaniye so svoimi indiyskimi kollegami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Jamiyat
Oʻzbek-hind harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazish masalasi muhokama qilindi
Mashgʻulotlarda KXSHTga aʼzo davlatlarning mobil tuzilmalar va doimiy tayyorlikdagi harbiy qismlar, zamonaviy qurol va harbiy (maxsus) texnika bilan jihozlangan doimiy tayyor tarkibdagi mobil boʻlinmalar va harbiy qismlardan iborat boʻlgan kontingentlarining ishtiroki rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari Birlashgan shtab va KXSHT Kotibiyatining tezkor guruhlari, maxsus kuchlardan tashkil topgan ichki ishlar organlari (politsiya), xavfsizlik va maxsus xizmatlar boʻlinmalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi vakolatli organlarning ishtiroki ham kutilmoqda.
Mashgʻulotlarning yakuniy bosqichiga KXSHT Parlament Assambleyasi Kengashi huzuridagi KXSHTga aʼzo davlatlarning mudofaa va xavfsizlik boʻyicha qoʻmitalari (komissiyalari) raislarining Muvofiqlashtiruvchi yigʻilishi aʼzolari, Serbiya, Oʻzbekiston, Moʻgʻuliston vakillari va harbiy attashelar, shuningdek Xalqaro Qizil Xoj qoʻmitasi vakillari taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala