O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi Afg‘onistonga oid yig‘ilishda ishtirok etadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga oid Moskvadagi yig‘ilishda ishtirok etadi.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada rejalashtirilgan Afg‘onistonga oid yig‘ilishda ishtirok etadi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov Sputnik nashriga ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligida Afg‘onistonga oid Moskvadagi yig‘ilishda ishtirok etishini tasdiqlaymiz”, - deya javob bergan TIV vakili tegishli savolga.
20 oktabr kuni Moskvada Afg‘onistonga oid Moskva shaklidagi maslahatlashuvlarning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 10 ta mamlakat hamda “Tolibon”* harakati vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Afg‘oniston qishni ocharchiliklarsiz o‘tkazadi – Mirziyoyev
Uchrashuv chog‘ida Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat rivojlanishi istiqbollari va inklyuziv hukumat tuzishni muhokama qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, mamlakatdagi gumanitar inqirozni bartaraf etish uchun dunyo hamjamiyati sa’y-harakatlarini birlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 16-oktabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Tomonlar har bir yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llarini muhokama qilib, ustuvor sohalarda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha birinchi darajali vazifalarni belgilab olishgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0