Rossiya

Rossiyada 30 oktyabr – 7 noyabr ishlanmaydigan kunlar deb eʼlon qilishini mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishOsen
Osen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova 30 oktyabrdan 7 noyabrgacha ishlanmaydigan kunlar deb eʼlon qilishni taklif qildi.
TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli 30 oktyabrdan 7 noyabrgacha ishlanmaydigan kunlar deb eʼlon qilishni taklif qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Uning soʻzlariga koʻra, ayrim hududlarda ishlanmaydigan kunlarni 23 oktyabrdan boshlab eʼlon qilish mumkin.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Tatyana Golikovaning taklifini qoʻllab-quvvatladi. U Golikovaga taklif qilinayotgan choralarni prezident Vladimir Putin ishtirokidagi yigʻilishda bayon qilishni topshirdi.
Meditsinskiye rabotniki perevozyat telo umershego - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiya
Rossiyada koronavirus qurbonlari soni boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi
Shuningdek, ish beruvchilarga xodimlariga emlanish uchun ikki kun taʼtil berishni taklif qildi.
Bundan tashqari, Golikova ish beruvchilarga emlanganmagan fuqarolar va 60 yoshdan katta xodimlarni toʻrt hafta masofaviy ishlashga oʻtkazishni taklif qildi.
Qayd etish joizki, soʻnggi kunlarda Rossiyada koronavirus bilan vaziyat yomonlashgan. 14 oktyabrdan buyon kunlik aniqlanayotgan koronavirus holatlari 30 mingtadan oshmoqda. Rossiyaning koʻplab hududlari qator obʼyektlarga borishda QR-kod tizimini joriy etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala