Hodisalar

Toshkentda jinoyatchilik darajasi ortdi

Grabitel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Poytaxtda oʻtgan toʻqqiz oy mobaynida 11 196 ta jinoyat sodir etilgan. Ularning 4 318 tasi fosh etilgan.
TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida Toshkent shahrida jinoyatchilik darajasi oshdi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan qonunbuzilish holatlari koʻpaymoqda.
“Jumladan, oʻtgan davrda 11 196 ta jinoyat sodir etildi. Ularning 4 318 tasi fosh etildi. Xususan, firibgarlik jinoyatlari ortyapti”, - deyilgan xabarda.
Har bir tumanda “jinoyat oʻchogʻi”ga aylangan ogʻir mahallalar tanlab olinib, qoʻshimcha kuch va vositalar ajratilgan.
Maʼlum qilinishicha, sudlarga yuridik va jismoniy shaxslardan jami 9 166 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5 055 taga koʻp. Virtual va xalq qabulxonalari tomonidan yuborilgan 4 189 ta murojaatlardan 4 050 tasi koʻrib chiqilib, muammoni hal etish choralari koʻrilgan.
Uchebniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Jamiyat
Qashqadaryoda jinoyatchilik 70 foizga ortdi, oʻquvchilar oʻquv yilini kitobsiz boshladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala