Dunyoda

Amerikada gen-modifikatsiyalangan choʻchqa buyragi insonga koʻchirib oʻtkazildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishXirurgi vo vremya operatsii
Xirurgi vo vremya operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Olimlar choʻchqalarning insonga koʻchirib oʻtkazilishi mumkin boʻlgan organlarini oʻstirish imkonini topishsa, bu transplantatsiyaga navbatda turgan 100 ming nafar amerikalik uchun ajoyib yechim boʻlishi aytilmoqda
TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Nyu-Yorkda jarrohlar gen-modifikatsiyalangan choʻchqa buyragini insonga koʻchirib oʻtkazish operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar, aʼzo normal ishlamoqda, deb yozadi New York Times.
Operatsiyani bajargan Nyu-York transplantologiya instituti direktori Robert Montgomerining soʻzlariga koʻra, buyrak - miyasi oʻlgan va sunʼiy nafas oldirish apparatiga ulangan holatda boʻlgan insonga koʻchirilgan. Buyrak koʻchirib oʻtkazilishi bilanoq ishlay boshladi, deb xabar qilmoqda shifokor.
Xirurgi vo vremya operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Jamiyat
Barcha hududlarda 2022 yil oxirigacha buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi
"Bu juda katta yutuq. Katta muvaffaqiyat. Lekin biz organ ish faoliyati davomiyligi haqida hali koʻproq bilib olishimiz kerak boʻladi", -deydi tadqiqotda ishtirok etgan transplantatsiya jarrohligi boʻyicha olim.
Nashrning yozishicha, agar olimlar choʻchqalarning insonga koʻchirib oʻtkazilishi mumkin boʻlgan organlarini oʻstirish imkonini topsalar, bu transplantatsiyaga navbatda turgan 100 ming nafar amerikaliklar uchun yechim boʻlib xizmat qiladi. Navbat kutayotganlarning 90 minggi aynan buyrakka muhtoj.
Nashrning qayd etishicha, tadqiqot natijalari hali ekspertlar tomonidan baholanmagan va chop etilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala