Dunyoda

"Mansur lashkari": toliblar Afgʻonistonning shimoliy chegarasiga spetsnaz yubordi

© AFP / WAKIL KOHSARChlen "Talibana"*
Chlen Talibana* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
"Mansur lashkari" boʻlinmalari Balx provintsiyasi yaqinida keyingi vaqtlarda ortib ketgan jinoyatchilikka qarshi kurashadi
TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Toliblar Balx provintsiyasi markazi Mozori-Sharif shahrida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida faoliyat yuritadigan maxsus boʻlinmani tashkil etdi. Bu haqda Tolo News telekanali mahalliy xavfsizlik kuchlariga tayanib xabar bermoqda.
Taʼkidlash joizki, Balx provintsiyasi Afgʻoniston shimolida joylashib, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh sanaladi. Taxminlarga koʻra, 500 mingga yaqin kishi istiqomat qiladigan Mozori-Sharif shahri muhim savdo-transport uzeli sanaladi.
"Bu Islom amirligi (toliblar siyosiy tizimi nomi – tahr.) maxsus kuchlari", - deb xabar qiladi telekanal, Balx provintsiyasi xavfsizlik xizmati rahbari Abdulxay Abedga tayanib.
Vo vremya vizita direktora Talibana po fizicheskomu vospitaniyu i sportu Bashira Axmada Rustamzaya v sportzal v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
"Tolibon”* 30dan ziyod kishini davlat xizmatchisi lavozimlariga tayinladi - tafsilotlar
Boʻlinma "Mansur lashkari" nomini olgan. Qayd etilishicha, yangi tarkib topgan boʻlinmaning asosiy vazifasi Mozori-Sharifda ortib ketgan jinotyachilikka qarshi kurashish boʻladi.
Kuch tuzilmalari maxsus oʻquvlardan oʻtishgan, ular yaxshi qurollangan. Shu bilan bir vaqtda ular ixtiyorida boʻlgan qurol va harbiy texnikaning kattagina qismi Qoʻshma Shtatlarda ishlab chiqarilgani maʼlum.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻoniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
Afgʻonistondagi vaziyat oʻtgan yili iyun oyida amerika qoʻshinlari chiqarilishi fonida ziddiylashgan edi. Avgust oyining oʻrtalariga amerika qoʻshinlari chiqarilgach, toliblar barcha yirik shaharlar va chegara oʻtish qismlarini egallab oldilar.
Bir vaqtning oʻzida jangarilar chegaradosh mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning postsovet respublikalariga bostirib kirish niyatida emasligini kafolatlagan edi.
Shundan soʻng Afgʻonistonda yangi hukumat tashkil topgani eʼlon qilindi.
Mamlakat prezidenti Ashraf Gʻani oʻzidan vakolatlarni sokit qildi va respublikani tark etdi.
* - Rossiya va boshqa mamlakatlarda terroristik deb tan olingan radikal harakat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala