Jamiyat

Samarqandda noyob Turkiston silovsini odamlar orasiga kirib keldi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMejdunarodnыy den koshek v Moskovskom zooparke
Mejdunarodnыy den koshek v Moskovskom zooparke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Tobora kamayib borayotgan bu jonivorni Ugom, Piskom, Chotqol, Turkiston, Hisor, Koʻhitang togʻ tizmalarida uchratish mumkin.
TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida kuni kecha, 19 oktyabr kuni Turkiston silovsini odamlar orasiga kirib keldi.
Hodisa tumandagi Rahmatobod mahallasida roʻy bergan. Yirtqich Zarafshon daryosi orqali kirib kelgani aytilmoqda.
Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan hududda mahalliy “OQBUTA GOLD” MCHJ xodimlari Zarafshon daryosi orqali kelib qolgan noyob hayvonni koʻrib qolishadi va unga ovqat ham berishadi. Jonivor ketavermagach tuman ekologiya inspektsiyasiga hamda tuman oʻrmon xoʻjaligi boʻlimiga telefon orqali murojaat qilishadi.
Voqea joyiga tezkorlik bilan borib oʻrganilganda esa ushbu hayvon Turkiston silovsini ekani aniqlangan.
Afrika sherlari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Video
Afrikalik mehmonlar: Toshkent hayvonot bogʻiga noyob rangdagi sher bolalari keltirildi — video
Viloyat ekologiya boshqarmasi masʼul xodimining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar berishicha, "bu oʻta noyob jonivorning holati veterinar xulosasiga yaxshi, toʻrt muchasi butligi aniqlangan".
Suhbatdosh tez orada silovsin ushlangan joydan qoʻyib yuborilishini aytib oʻtdi.
"Jonivor aniqlangan hududga yaqin joylarda uning oilasi boʻlishi mumkin, agar u uzoq joylarga olib borilsa, yashash manzilini yoʻqotib qoʻyishi mumkin", - deya tushuntirdi suhbatdosh.
Shuningdek, Turkiston silovsini shu kunga qadar faqatgina Jizzax viloyatining Zomin hududida koʻrinish bergan, u mahalliy fotokameralarga tushgan.
Turkiston silovsini – qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja turi hisoblanib, faqatgina Ugom, Piskom, Chotqol, Turkiston, Hisor, Koʻhitang togʻ tizmalarida uchratish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala