Iqtisod

Ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi

© Sputnik / Mariya Naumenko Tekstilnaya fabrika v Muynake, kotoraya stala mestom rabotы dlya 700 chelovek
 Tekstilnaya fabrika v Muynake, kotoraya stala mestom rabotы dlya 700 chelovek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Prezident qarori bilan 2024 yil 1 yanvargacha sunʼiy moʻyna, shisha iplar hamda shisha tolali matolar import bojidan ozod qilindi.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. 2024 yil 1 yanvargacha ayrim turdagi gazlama va matolarga import boji qoʻllanilmaydi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji "nol" stavkada qoʻllaniladi:
sunʼiy moʻyna;
zigʻirpoya tolasidan toʻqilgan gazlamalar;
sunʼiy tolalardan tayyorlangan gazlamalar;
shisha iplar;
shisha tolali matolar va boshqalar.
Avvalroq Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha banan va boshqa tsitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilingani xabar qilingan edi.
Myaso na prilavke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Iqtisod
Oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishda imtiyozlar beriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala