Jamiyat

Mirziyoyev oʻzbek tilini yanada rivojlantirishga chaqirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Prezident soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda 5 jilddan iborat "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" fundamental tadqiqot olib borilmoqda.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi.
Oʻz tabrik soʻzida prezident butun Oʻzbekiston xalqini ulugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etdi.
Mirziyoyev soʻnggi yillarda olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida oʻzbek tili nafaqat Oʻzbekistonda, balki jahon miqyosida ham oʻzining munosib oʻrni va mavqeiga ega boʻlib borayotganligini taʼkidladi.
Oʻzbekiston yetakchisiga koʻra, oʻzbek tili BMTning yuksak minbarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab, tinchlik, doʻstlik va hamkorlik vositasiga aylanib bormoqda.
Undan tashqari, oʻtgan davrda oʻzbek tilini chuqur oʻrganish va oʻrgatishga xizmat qiladigan 16 ta kitob, jumladan, 9 ta lugʻat nashr qilinganini alohida qayd etildi.
Ayni vaqtda 5 jilddan iborat "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" fundamental tadqiqot olib borilmoqda.
Biletnaya kassa na stantsii Mnevniki Bolshoy koltsevoy linii moskovskogo metropolitena. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Migratsiya
Zorin: Moskva metrosiga oʻzbek tilini biladigan ishchilar asqotadi
Bundan tashqari, chet el fuqarolari va xorijdagi yurtdoshlarga oʻzbek tilini oʻrgatadigan onlayn platforma, oʻzbek tili izohli lugʻatining mobil ilovasi, xorijdagi vatandoshlar uchun maxsus veb-sayt yaratildi.
Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan, prezident barchaga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlarga tinchlik-omonlik, fayzu baraka tiladi.
Prezident tabrik soʻzi bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala