Dunyoda

Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyada josuslikda ayblanib, hibsga olindi

Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Turkiyada chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik koʻrganlikda ayblanayotgan olti kishi ushlandi. Ular orasida Oʻzbekiston fuqarosi ham bor.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Turkiyada “harbiy va siyosiy josuslikda” ayblanib 4 nafar rossiyalik hamda 1 nafar Ukraina va 1 nafar Oʻzbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda Turkiyaning “Hurriet” gazetasi xabar qilmoqda.
Hibsga olinganlar Rossiya fuqarolari Abdulla Abdullayev, Ravshan Ahmedov, Beslan Rasayev va Aslan Abdulmuslimov, Ukraina fuqarosi Igor Yefrim, Oʻzbekiston fuqarosi esa Amir Yusupov ekani aytilmoqda.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, ular chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik koʻrishgan.
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Jamiyat
Interpol firibgarlikda ayblangan ikki Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi
Bundan tashqari, qoʻlga olinganlar siyosiy va harbiy josuslikda ham ayblanishmoqda. Buning uchun Turkiyada 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi belgilangan.
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining RIA Novostiga maʼlum qilishicha, idora mamlakat fuqarosi Turkiyada siyosiy va harbiy josuslik ayblovi bilan qoʻlga olingani haqidagi maʼlumotga ega emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala