Jamiyat

Oʻzbekistonda qish qahraton boʻladimi

© Novosti UzbekistanaSelo Kul v Kashkadarinskoy oblasti iz-za snegopada bыlo otrezano ot mira na desyat dney
Selo Kul v Kashkadarinskoy oblasti iz-za snegopada bыlo otrezano ot mira na desyat dney - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Sovuq havo oqimlarning kirib kelishi tufayli havo haroratining keskin sovub ketishi, kechalari haroratning pasayishi tufayli qor yogʻishi kutilmoqda
TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazi 21–22 oktyabrda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib kelishini darak bergandi.
Markazning telegramdagi sahifasida 22 oktyabr kuni Jizzaxning Zomin tumani togʻli hududlarida qor yogʻgani aks etgan foto va videolar qoʻyilgan.

Global temperatura koʻtarilmoqda

Ayni damda dunyoda havo harorati keskin isib bormoqda.
4,5 milliard yillik tarixga ega yer sayyorasi temperaturani koʻtarilishini ham tushishini ham boshidan oʻtkazgan.
Zima - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Jamiyat
Meteorolog: Qalin qorlar va "tropik" yomgʻirlar - yangi iqlimiy davr belgilari
Lekin tadqiqotchilarning aytishicha, 1980 yildan boshlab havo harorati yildan yilga isib bormoqda.
Bunga sabablar koʻp, lekin eng asosiysi inson faoliyati bois koʻtarilmoqda.

Oʻzbekistonda oxirgi 5 yilda qanday havo harorati kuzatildi

Respublika gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari maʼlumotlariga koʻra, oxirgi uch yillik eng issiq kechgan.

Oʻzbekistonda oxirgi 5 yillikdagi kuzatuvlarlarda eng issiq uch yillik kuzatildi. Jumladan, 2016, 2018 va 2019-yillarda kuzatilgan oʻrtacha yillik havo harorati qiymatlari meʼyoriy qiymatdan 2 darajagacha yuqori boʻlgan.

Oxirgi yillarda uzoq va anomal issiq kunlarga boy yoz oylari qatoriga may va sentyabr oylaridagi issiq haroratli kunlar qoʻshilmoqda.
Bahor oylarining boshlanishi fevral oyiga surilmoqda. Baʼzi hollarda iliq qish va qish oylarida yogʻinning asosiy qismi suyuq holatda kuzatilishi iqlim isib borayotganidan darak.

Kuz uchun belgilangan meʼyordan sovuq harorat kuzatilmoqda

Aytish joizki, oxirgi uch yillikda kuzning aynan oktyabr va noyabr oylari sovuq kelmoqda. Bu yil oktyabr oyi boshi ham sovuq kelib, respublikaning janubiy hududlaridan tashqari barcha viloyatlarda meʼyoriy qiymatdan 3-5 darajagacha past harorat kuzatildi.
Usileniye sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svyazi s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2020
Dunyoda
Iqlim sharoiti koronavirusga taʼsir qilmaydi – Italiya olimlari
Ammo oktyabr oyning ikkinchi oʻn kunligida issiq va quruq havo kuzatilishi hisobiga, barcha viloyatlarda oʻrtacha oʻn kunlikdagi havo harorati meʼyoriy qiymatdan yuqori kuzatildi.
Uchunchi oʻn kunlik boshi esa yogʻingarchiliklarga boy va nisbatan sovuq boshlandi.

Yaqin oʻn kunda qanday ob-havo boʻlishi kutilmoqda?

Kelayotgan yangi haftada respublika hududlarida havo harorati biroz koʻtarilib, kunlar asta sekin isiy boshlaydi. Bir soʻz bilan aytganda, oyning uchunchi oʻn kunligi kam yogʻinli va nisbatan iliq boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Haqiqiy qishni bu yil qachon kutib olamiz?

Respublikaning togʻli hududlarida qish oyi allaqachon kirib kelib boʻldi. Chunki, deyarli barcha togʻli hududlarda qor yogʻib, kechalari havo harorati nol darajadan pasayib ketish holatlari kuzatildi.
Turistы na verblyudax v pustыne v Dunxuane, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2020
Markaziy Osiyo hayotsiz choʻlga aylanishi mumkin - tadqiqot
Noyabr oyi uchun ishlab chiqilgan ob-havo prognozlariga koʻra, mutaxassislar respublika hududlarida oylik oʻrtacha havo harorati iqlimiy meʼyor atrofida boʻlishini prognoz qilishmoqda. Bu doim biz kuzatib kelgan va oʻrganib qolgan “noyabr oyi havosi” desak boʻladi. Ammo ayrim kunlarda shimoldan arktik sovuq havo oqimlarning kirib kelishi tufayli havo haroratining keskin sovub ketishi, kechalari haroratning nol darajadan pasayib, qor yogʻishi ham mumkin, bu noyabr oyi uchunchi oʻn kunliklari uchun xos boʻlgan ob-havo hodisasidir.

Uzoq muddatli ob-havo prognozlarini tuzish mushkul

Umuman, dunyoda keyingi oylar yoki keyingi fasl uchun uzoq muddatli ob-havo prognozlarini ishlab chiqish mutaxasis sinoptiklarga doimo qiyinchiliklar tugʻdirgan va ob-havo pronoz ishlab chiqish boʻyicha aniq bir usulning oʻzi yoʻq.
Shuning uchun kelayotgan qish oylarida kutilayotgan harorat va boshqa ob-havo hodisalari toʻgʻrisida bir narsa deyish qiyin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala