Jamiyat

Toshkentda toʻliq avtomatlashtirilgan yangi metro poyezdlari qatnay boshladi

© SputnikPrezentatsiya novыx vagonov v metro Tashkenta
Prezentatsiya novыx vagonov v metro Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Enidilikda bekatdan bekatgachaga boʻlgan kutish intervali qisqarishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Oʻzbekiston metropoliteni 2022 yil oxiriga qadar 19 ta yangi poyezdlarni harid qilishni rejalashtirgan. Bugun 5 ta yangi metro poyezdlarining tanishtiruv taqdimoti boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Kuni kecha “Toshkent metropoliteni faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilingan.
Hozirgi kunda Toshkent metropoliteni tizimida 59 ta metro poyezdlari xizmat koʻrsatmoqda, bugungi 5 ta yangi poyezdlar bilan Toshkent metrolarining umumiy soni 64 taga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻsishda davom etib, 2022 yil oxiriga kelganda 80 tani tashkil etishi kutilmoqda.
Otpravka pervoy partii vagonov metro v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Jamiyat
Rossiyadan Toshkentga metro vagonlarining navbatdagi partiyasi keladi
Yangi poyezdlar yoʻlga qoʻyilishi, insonlarning kutish intervaliga sezilarli darajada taʼsir qilib, qisqarishi kutilmoqda.
Qachonlardir, xususan 1993 yilda Chilonzor metro yoʻnalishi 3 minutli interval bilan harakat qilgan. Oʻsha kunlar joriy yilning 1 sentyabridan boshlab yana qaytgan. Chilonzor yoʻnalishida 3 minutli interval yoʻlga qoʻyildi, Oʻzbekiston yoʻnalishi uchun esa 4 minut etib belgilandi. Shu tariqa insonlarning oʻz manzillariga yetib borishlaridagi vaqtlari 30 foizga tejaldi.

Metropoliten maʼlumotiga koʻra, shahar usti transporti bilan solishtirilganda, metro orqali manzilga yetib borish 2-3 marta tez ekanligi ayon boʻlgan.

Yangi Toshkent metropolitening kunlik tashish hajmi 480-500 ming nafarni tashkil etishi kutilmoqda, bu esa oʻz navbatida shahardagi tirbandliklarni kamaytirishga salmogʻli hissa qoʻshishi kutilmoqda.
Demak, bugungi taqdimotda Rossiyaning "Metrovagonmash” zavodidan yuborilgan vagonlardan 5 ta yangi metro poyezdlari yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatishni boshladi.
Yangi metro vagonlari haqida, 4 yildan beri Toshkent metropolitenida elektromashinist lavozimida ishlab kelayotgan Fazliddin Gʻofurov oʻz fiklarini bildiradi.

“Rossiyadan olib kelingan poyezd vagonlarinig ichki tomonlarida ortiqcha shovqin eshitilmasligi yoʻlovchilar uchun qulaylik tugʻdiradi," – deydi mashinist.

Metro poyezdi toʻliq kompyuterlashtirilgan boʻlib, mashinist maxsus pult orqali boshqaruvni amalga oshiradi.

“Yana bir yaxshi tomoni, mashinist kabinasidan turib, hamma vagonlarni kuzatib, ichkaridagi holatdan xabardor boʻlib turishim mumkin”, – deya qoʻshimcha qiladi Gofurov.

Metro vagonlariga qoʻshimcha monitorlar ham kuyilgan. Bunday sensorli monitorlar yordamida yoʻlovchilar marshrut boʻyicha oʻzlariga kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin.
Yangi metro vagonlari 2021 yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, 31 yil muddatgacha eskpluatatsiyaga yaroqli hisoblanadi. Maksimal 90 kilometrgacha tezlikni oshirish qudratiga ega. Maksimal 310 nafargacha odamni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala