Koreyada O‘zbekistonlik yoshlar prezident saylovlarida faol ishtirok etishmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Seul
Goroda mira. Seul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
17-Seul va 18-Kvanju saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tayotgan siyosiy jarayonda O‘zbekistonlik yoshlar faollik ko‘rsatishmoqda
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Koreya Respublikasida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 17-Seul va 18-Kvanju saylov uchastkalar tashkil etilgan. Bugun erta tongdan boshlab ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha shukuhda saylovchilar tashrif buyurishmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston TIV axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki saylov uchastkasida saylov jarayonlari Davlat madhiyasi sadolari ostida rasman ochilgan.
Saylovda o‘zbekiston fuqarolari ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligi talablariga muvofiq tarzda ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, saylovchilar O‘zbekiston Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi va mamlakatdagi o‘zgarishlar bilan tanishgan holda, o‘zlari ma’qul deb bilgan nomzodga ovoz berishadi, deyilgan xabarda.
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
MSK shu vaqtgacha saylov qonunchiligi buzilishi haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi
Aytilishicha, saylovda ishtirok etuvchilarning asosiy qismi yoshlarni tashkil etib, ular orasida birinchi bor ishtirok etayotgan yoshlar suhbatga chorlangan Haydarjon Qo‘shoqov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi,
“Men saylovda ishtirok etib, o‘zim har jihatdan munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim, – deydi u. – Albatta, men ovoz bergan nomzod ishonchimizga munosib bo‘lib, yurtimiz kelajagi va Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadi”.
Yangiliklar lentasi
0