Dunyoda

Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV

© AP PhotoBoyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Pokiston Afgʻonistonda "Islomiy davlat"* terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatga kelgan “Tolibon” radikal harakatiga yordam bermoqda.
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Pokiston Afgʻonistonda "Islomiy davlat"* terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatga kelgan “Tolibon” radikal harakatiga yordam bermoqda, deb xabar qilmoqda Washington Post gazetasi toliblarning ism-sharifini oshkor qilmagan holda ikki vakili bergan maʼlumotiga asosan.
Tretye zasedaniye moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
"Tolibon"* katta siyosiy savdo olib bormoqda – Rossiya TIV
Gazetaga koʻra, Pokiston Tolibon*ga “ISHID”*ga qarshi kurashda norasmiy razvedka kanallardan foydalanmoqda, yaʼni razvedka maʼlumotlarini uzatish va terrorchilarga qarshi kurashda texnik yordam berish. Xususan, Pokiston birlamchi maʼlumotlarni uzatadi, ISHID aʼzolari* va ularning operatsion markazlarini aniqlash uchun telefon va internet-aloqalarini kuzatishga yordam beradi.
"Pokiston - bizning birodarimiz va bizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi, jumladan, maʼlumot va razvedka maʼlumotlari almashish (ISHID* haqida - tahr.). Agar AQSH va dunyoning qolgan qismi biz bilan maʼlumot almashsa, biz bir necha kun ichida ISHID*ni magʻlub etishimiz mumkin boʻlardi", - dedi gazetaga toliblar yetakchilaridan biri.
Biroq, harakat vakili Bilol Karimiyning soʻzlariga koʻra, Tolibon* ISHID*ni jiddiy tahdid deb hisoblamaydi va unga qarshi kurashish uchun tashqaridan yordamga muhtoj emas.
Biroq, pokistonlik amaldorlardan biriga koʻra, ikki tomon oʻrtasidagi muloqot razvedka maʼlumotlarini almashish boʻyicha oʻrnatilgan hamkorlikdan koʻra koʻproq norasmiy muhokamalardir.
Cpetspredstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekistonning "Tolibon"* hokimiyatini tan olish shartlari maʼlum qilindi
Taʼkidlaganishicha, Pokiston “ISHID*ga qarshi kurashda Tolibonga toʻgʻridan-toʻgʻri yordam beradigan kam sonli xorijiy davlatlardan biri hisoblanadi”. AQShning sobiq va amaldagi rasmiylariga koʻra, mintaqaviy raqobat, chuqur ishonchsizlik va terrorizmga qarshi kurashda toliblarning notoʻgʻri hisob-kitoblari harakat bilan razvedka maʼlumotlarini almashishni qiyinlashtirdi.
Amerika qoʻshinlari chiqarilgandan buyon razvedka xizmatlari Tolibon* bilan rasmiy va norasmiy aloqada boʻlgan, Amerika tomoni ISHID*operatsiyalari haqidagi maʼlumotlarni Kobulga muntazam ravishda uzatishga harakat qiladi.
Ammo, amerikalik mulozimning soʻzlariga koʻra, koʻp hollarda toliblar berilgan maʼlumotlarga ishonchsizlikyoki undan qanday foydalanish kerakligini bilishmagan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala