Bosh prokuror saylovda kelib tushgan murojaat va xabarlar haqida maʼlumot berdi

© Press-slujba TSIK UzbekistanaGeneralnыy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev
Generalnыy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Saylovdagi qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib koʻrish uchun jami 12 ta xabar va murojaatlar kelib tushgan.
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev prokuratura organlariga kelib tushgan murojaat va xabarlar haqida maʼlumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, kechagi matbuot anjumanidan soʻng saylov ishtirokchilaridan qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib koʻrish uchun jami 12 ta xabar va murojaatlar kelib tushgan.
Ularning 5 tasi Toshkent shahriga, 3 tasi Qashqadaryo viloyatiga, 1 tadani Namangan, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Vыborы v Uzbekistane-2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
SHHT Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan prezident sayloviga baho berdi
Ushbu maʼlumotlarning 1 tasini Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi taqdim etgan, 1 tasi bevosita Shtab tomonidan Internet tarmogʻi monitoringi natijasida aniqlangan. Qolgan 10 tasi fuqarolarning prokuratura organlaridagi 1007 raqamli ishonch telefoniga murojaatlari tashkil etgan.
Masalan, Yunusobod tumanidagi 519 - sonli saylov uchastkasida fuqaro 3 nafar oila aʼzolari uchun ham ovoz berishga harakat qilgan. Bu harakat uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan zudlik bilan toʻxtatilib, ortiqcha byulletenlarni saylov qutisiga tashlashga yoʻl qoʻyilmagan va bu haqda hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuraturaga taqdim etildi.
Okrug saylov komissiyasi qarori bilan fuqaroga ortiqcha byulleten bergan uchastka saylov komissiyasi aʼzosi Kravtsova komissiyadan darhol chetlatilgan, hozirda uning maʼmuriy javobgarlik masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Mirobod tumanidagi 113 - sonli saylov uchastkasida “Gazeta.uz” sayti muxbiri saylov qutisini koʻzdan kechirib, teginganligi uchun uchastka saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari bilan yuzaga kelgan ziddiyatli holat haqidagi videoyozuv Internet monitoringida aniqlandi.
Oʻrganish jarayonida bu ikkala tomon oʻzaro yarashib, tushunmovchilikni bartaraf etgan, hozirda oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Fuqarolardan Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga kelib tushgan qolgan 10 ta murojaat asosan, saylovga taklifnoma berilmaganligi, koʻchma saylov qutisi kechikayotganligi, ismi-sharifi boshqa saylov uchastkasida qayd etilganligi kabi texnik masalalarga doir boʻlib, joyida toʻliq bartaraf etilgan.
Generalnыy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Saylov jarayoni umumtan olingan xalqaro qoidalar asosida boʻlib oʻtmoqda – bosh prokuror
Masalan, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidan fuqaro Xurramov soat 16:50da murojaat qilib, nogironligi, koʻchma saylov qutisi kechikayotganligini bildirgan.
Yoʻldoshevning soʻzlariga koʻra, ushbu murojaatlar tezkor koʻrib chiqilib, barcha masalalar joyida hal etilgan.
Bosh prokuror xorijiy kuzatuvchilar, partiya vakillari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlaridan ham eʼtirozlar kelib tushmaganini qayd etdi.
Hozirga qadar oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, saylov jarayonida jiddiy qonun buzilishlarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanmagan.
“Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, tahlillarimiz, nazorat tadbirlari, kuzatuv va monitoringlarimizdan kelib chiqib, saylovda qonuniylik toʻlaqonli taʼminlandi, deb hisoblashga barcha asoslarimiz bor”, - dedi u.
Oʻzbekistonda prezident saylovi 24 oktyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtdi. MSK maʼlumotlariga koʻra, saylovda 16 million 36 ming 914 nafar (80,8 foiz) saylovchi qatnashgan.
MSK xabariga koʻra, prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da MSK raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev tomonidan eʼlon qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala