SHHT Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan prezident sayloviga baho berdi

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOVыborы v Uzbekistane-2021
Vыborы v Uzbekistane-2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
SHHT kuzatuvchilar missiyasi Oʻzbekiston prezidenti saylovi milliy qonunchilik talablariga va xalqaro majburiyatlarga mos kelganini qayd etdi.
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti saylovi qonun buzilishisiz va milliy qonunchilikka binoan boʻlib oʻtdi, qonuniy va demokratik edi. Bu haqda SHHT kuzatuvchilar missiyasi rahbari, SHHT bosh kotibining oʻrinbosari Yerik Ashimov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“SHHT kuzatuvchilar missiyasi Oʻzbekiston prezidenti saylovi milliy qonunchilik talablariga va xalqaro majburiyatlarga mos kelganini qayd etadi. Saylov erkin, qonuniy va demokratik boʻldi. Ushbu saylovda ovoz berish natijalarini shubha ostiga qoʻyadigan qonun buzilishlari aniqlanmadi”, - dedi Ashimov brifing davomida.

Missiya rahbari Oʻzbekistonda saylov jarayoni zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari joriy etilishi tufayli takomillashib borayotganini taʼkidlashdi.
Shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslarning uchastkalarda ovoz berishi tashkillashtirilgan, koronavirus pandemiyasi sabab tegishli choralar koʻrilgan.
“Har yerda uchastka komissiyalari xodimlari mahorati va aholining faolligini qayd etamiz”, - deb qoʻshimcha qild Ashimov.
Avvalroq Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan saylovga MDH missiyasi baho bergan edi. MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylov qonunchilikka toʻla muvofiq ravishda boʻlib oʻtganini maʼlum qildi.
Oʻzbekistonda prezident saylovi 24 oktyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtdi. MSK maʼlumotlariga koʻra, saylovda 16 million 36 ming 914 nafar (80,8 foiz) saylovchi qatnashgan.
Senator, zaslujennыy vrach Rossii, detskiy xirurg-onkolog Vladimir Kruglыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Rossiyalik kuzatuvchi chekka qishloqlar qanday ovoz berganini borib koʻrdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala