Iqtisod

Oʻzbekistonning YEOIIga toʻlaqonli aʼzo boʻlishini istagan boʻlardik – Kalashnikov

Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qoʻmitasi raisi Oʻzbekistonning YEOIIga aʼzo boʻlishining foydali jihatlarini sanab oʻtdi.
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qoʻmitasi raisi Leonid Kalashnikov Sputnik nashriga bergan eksklyuziv intervyusida Oʻzbekistonning YEOIIga ehtimoliy qoʻshilishining ijobiy tomonlari haqida soʻzlab berdi.

“Biz Oʻzbekiston YEOIIda epizodlar bilan, kuzatuvchi emas, balki toʻlaqonli aʼzo boʻlishini istagan boʻlardik”, - dedi Kalashnikov.

U Oʻzbekistondagi koʻp siyosatchilar va tadbirkorlar ittifoqqa kirishning foydasini hali oxirigacha tushunib yetishmaganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, bundan Oʻzbekiston biznesi faqat foyda koʻradi, chunki u uchun Rossiyaning ulkan bozori ochiladi.
U Belarus, Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonni misol tariqasida keltirdi.
“YEOIIga aʼzolik Belarus, Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga tovar ayirboshlash hajmini 20-25 foizga oshirishga imkon berdi”, - dedi u.
Kalashnikov Ittifoqning umumiy texnik reglamenti Oʻzbekistonga u yoki bu mahsulotni sotishda yengillik tugʻdirishini qoʻshimcha qildi.
 Flagi YEEAS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Iqtisod
Prezident: Oʻzbekiston YEOII bilan samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyishga erishdi
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Aktam Haitov Oʻzbekiston YEOII bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanini maʼlum qilgan edi. Uning fikricha, meva-sabzavotlar, toʻqimachilik-trikotaj mahsulotlarga boʻlgan barqaror oʻsish surʼatini hisobga olgan holda, ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilish eksportni koʻpaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala