Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Rossiya Afgʻonistonga insonparvarlik yordami joʻnatadi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishSituatsiya u aeroporta Kabula
Situatsiya u aeroporta Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Afgʻonistonga yuboriladigan insonparvarlik yordami oziq-ovqat va tibbiyot vositalaridan iborat boʻladi.
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Moskva shu hafta Afgʻonistonga insonparvarlik yordamini joʻnatishni moʻljallamoqda. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov maʼlum qildi.
“Biz bu hafta roʻy berishiga juda umid qilyapmiz... oziq-ovqat va tibbiyot vositalari”, - dedi Kabulov.
U yuklarni yetkazib berishda, jumladan, Rossiya Mudofaa vazirligi va FVV qatnashishini taʼkidladi.
Kabulovning soʻzlariga koʻra, nafaqat gumanitar yordam yetkazib beriladi, balki u yerdan Rossiya fuqarolari va talabalar olib kelinadi.
V Uzbekistane jdut pervыy bort OON s pomoщyu dlya Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
BMT Oʻzbekiston orqali Afgʻonistonga gumanitar yordam joʻnatadi
20 oktyabr kuni Moskvada Afgʻonistonga oid Moskva shaklidagi maslahatlashuvlarning uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi. Unda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva yaqin vaqt ichida Afgʻonistonga insonparvarlik yordamini joʻnatishini maʼlum qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston sentyabr oʻrtalarida qoʻshni mamlakatga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordamini joʻnatgan edi. Bundan tashqari, respublika Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi mamlakatlar bilan afgʻon xalqiga yordam berish masalalarini muhokama qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala