Jamiyat

Sugʻurtaning barcha turlari elektron amalga oshiriladi

© Depositphotos / DimaberkutRuki nad klaviaturoy
Ruki nad klaviaturoy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
2023 yildan majburiy sugʻurtaning barcha turlarini qogʻoz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. 2022 yil 1 iyuldan sugʻurtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat beriladi. Prezident tegishli qarorga imzo chekdi.
Hujjat bilan 2023 yil 1 yanvardan majburiy sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislarini qogʻoz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargacha hayot sugʻurtasi sohasidagi sugʻurta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda soligʻi boʻyicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvargacha ish beruvchi tomonidan oʻz xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish va tibbiy sugʻurta turlari boʻyicha tuzilgan sugʻurta shartnomalari asosida Oʻzbekistonda sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.
 Veterinar derjit v rukax shprits s preparatom Karnivak-Kov ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda emlashning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sugʻurta mavjud
2022 yil 1 iyungacha transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yagona axborot tizimi negizida barcha sugʻurta polislarini roʻyxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.
Sugʻurta shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish sugʻurta tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 2022 yil 1 iyuldan inflyatsiyaga bogʻlangan davlat qimmatli qogʻozlari chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala