Dunyoda

“Tolibon”* avvalgi hukumatni tanazzulga yuz tutishini xohlashmagan

© Sputnik / Alexey Kudenko / Fotobankka oʻtishPredstavitel dvijeniya "Taliban"* Abdul Salam Xanafi i ministr ekonomiki Afganistana, chlen rukovodstva dvijeniya "Taliban"* Kari Din Moxammad Xanif
Predstavitel dvijeniya Taliban* Abdul Salam Xanafi i ministr ekonomiki Afganistana, chlen rukovodstva dvijeniya Taliban* Kari Din Moxammad Xanif  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
“Tolibon”* avvalgi hukumatni tanazzuli Afgʻoniston uchun halokatli boʻlganligini taʼkidladi
TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Afgʻonistonning avvalgi hukumati insonlar xohish-istagiga javob bermay, davlatga ziyon keltirgan. Bu haqda muvaqqat hukumatning axborot va madaniyat vaziri oʻrinbosari etib tayinlangan Zabihulloh Mujohidning intervyusiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

“Avvalgi hukumat Afgʻonistonga zarar yetkazdi, deb hisoblayman, chunki agar urushni toʻxtatib, konstruktiv muzokaralar boshlanishiga erishganimizda, vaziyat hozirgidan yaxshiroq tomonga oʻzgargan boʻlardi. Bu esa oʻz navbatida tashkilot va idoralarni tanazzulga yuz tutishiga olib kelmay, odamlarning mamlakatdan qochib ketish holatlari boʻlmas edi", – dedi Mujohid.

Bundan tashqari, Mujohid AQShni ham tanqidga olib, mamlakatga moliyaviy yordam koʻrsatishni toʻxtatganligini taʼkidlab, bunga qoʻshimchasiga boshqa davlatlarga ham yangi afgʻon hukumatini tan olmaslikka daʼvat etayotganligini aytib oʻtdi.
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Dunyoda
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Eslatib oʻtamiz, toliblar sentyabr oyinig boshida yangi hukumat tarkibini eʼlon qilgan. “Tolibon”*ning avvalgi qudrati paytida (1996-2001 y.y.) mamlakat TIV rahbari lavozimini egallab kelgan va 2001 yildan buyon BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Mulla Xasan Oxund - hukumat boshligʻi (bosh vazir) vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi. Mulla Birodar — uning birinchi oʻrinbosari; Mavlavi Hanafi — ikkinchi oʻrinbosari etib tayinlanishdi.
Sal avvalroq, Mujohid Tehronda Afgʻonistonga qoʻshni boʻlgan mamkalatlarning TIV rahbarlari uchrashuvida qatnashmasliklarini bildirib oʻtgandi.
* RFda taʼqiqlangan xalqaro terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala