Dunyoda

"Zoʻrgʻa yuribdi" - siyosatshunos Bayden reytingi nega tushib ketgani haqida

© AFP / Drew Angerer / Getty ImagesPrezident SSHA Djo Bayden v Vostochnom zale Belogo doma
Prezident SSHA Djo Bayden v Vostochnom zale Belogo doma  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Siyosatshunos Yevgeniy Satanovskiy Amerika prezidenti Jo Baydenning mashhurligi nega birdan tushib ketganini tushuntirdi
TOSHKENT, 24 okt - Sputnik. Amerika yetakchisi Jo Bayden reytingining pastlab ketishi faqatgina Afgʻonistondan qoʻshinlar chiqarilishi tashkiloti va koronavirusga bogʻliq emas, deb hisoblaydi siyosatshunos, sharqshunos Yevgeniy Satanovskiy.
AQShda 1945 yildan buyon prezident reytingining rekord darajada pastlashi qayd etildi. Gallup jamoatchilik fikrini tadqiq qilish instituti maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda Jo Baydenni 44,7% amerikaliklar qoʻllab-quvvatlamoqda, bu esa yil boshidagidan 11,3 foizga kamdir.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Dunyoda
Bayden Avstraliya bosh vazirining ismini unutib qoʻydi
"Bu ehtimol, uning yomon prezidentligi bilan bogʻliq - axir bu holat shundoq ayon. Zoʻrgʻa nafas olyapti - hech kimda hech qanday zarracha taassurot qoldirmaydi. Xuddi zombidek taasurot uygʻotadi. Bayden artist Lesli Nilsenga oʻxshaydi. Faqat u ahmoq rolini oʻynardi, bu esa, aftidan, "Golыy pistolet" filmining haqiqiy bosh qahramoniga oʻxshayapti. Lekin real siyosatda bu filmdagidan koʻra xavflidir", – dedi Satanovskiy RIA FAN muxbiri bilan suhbatda.
U shuningdek, ushbu holatni amerikaliklarning oʻziga qoʻyib berish lozimligini, sababi Bayden - ularning tanlovi boʻlganini taʼkidlab oʻtdi.
"Bu holatlarning barchasi uning reytingiga taʼsir koʻrsatdi, jumladan, afgʻon bilan bogʻliq vaziyat ham. Odamlar prezidenti sharmanda boʻlishini yoqtirishmaydi, alqissa. agar yetakchi oʻzining qayerdaligini tushunmasa, boz ustiga ichki va tashqi siyosatda katta xatoliklarga yoʻl qoʻysa", – deb qoʻshimcha qildi Satanovskiy.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala