Hodisalar

Bolasini yigʻlagani uchun oʻldirgan juftlik 28 yilga qamaldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Yarim kech boʻlganida, bolakay "miq etmay qoʻygach" juftlik tez tibbiy yordam brigadasini chaqiradi. Shifokorlar bolakay nobud boʻlganini, oʻlim holati olingan bosh-miya jarohatlari tufayli yuz berganini qayd etishadi.
TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida juftlik bola qotilligi uchun umumiy hisobda 28 yilga qamaldi. Maʼlum boʻlishicha, ular bolakayni kaltak yordamida yigʻidan toʻxtatishga harakat qilganlar.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi xabar bermoqda.
Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yil 13 mart kuni ona yigʻlashni boshlagan oʻgʻlining boshiga ikki marta qoʻli bilan zarba bergan va oʻng soniga oyogʻi bilan tepgan.
Zarbalar natijasida bolakay sogʻligʻiga jiddiy putur yetgan, tana aʼzosi singan.
V Kashkadarye raskrыto ubiystvo devyatiletney davnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Hodisalar
Barmoq izlari tufayli 9 yil oldin sodir etilgan vahshiyona qotillik fosh etildi
31 mart kuni, bolakay uzoq muddat yigʻlab, juftlikka dam olishga halal berganida, erkak qalin temir bilan, ayol esa taxta bilan bola boshiga zarba beradi.
Shundan soʻng bola yigʻidan toʻxtaydi.
Yarim kech boʻlganida, bolakay "miq etmay qoʻygach" juftlik tez tibbiy yordam brigadasini chaqiradi. Kelgan shifokorlar bolakay nobud boʻlganini, oʻlim holati olingan bosh-miya jarohatlari tufayli yuz berganini qayd etishadi.
Ona 16 yilga , uning xushtori esa 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi, shuningdek, erkakka qoʻshimcha tarzda psixiatr koʻrigidan oʻtish tayinlandi.
Ikkalasi ham jazoni qatʼiy rejimdagi koloniyada oʻtashi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala